fbpx
Pigodi – koreyscha taom

Pigodi – koreyscha taom

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Bizning retsept asosida siz pigodi – koreyscha taom tayyorlay olasiz. Bu xuddi o’zimizning mantiga o’xshab ketadi, lekin pigodi uchun faqatgina oshirma xamirdan foydalaniladi.

Bu unchalik ko’p masalliqlarni talab qilmaydigan hamyonbop taomligi bilan barchani xursand qilsa, ajoyib ta’mi esa sizni undan yana va yana tayyorlashga undashi, shubhasiz.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
600 gramm un
360 millilitr iliq suv
2.5 osh qoshiq quruq xamirturush
2 osh qoshiq shakar
1.5 choy qoshiq tuz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Asosiga:
300 gramm mol go'shti
600 gramm karam
1 bosh piyoz
1 bog' kashnich
3 tishcha sarimsoqpiyoz
ta'bga ko'ra tuyilgan kashnich
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Ko'pchigan xamirturush tayyorlaymiz:

100 millilitr iliq suvni shakar va xamirturush bilan aralashtiramiz.

Ustini yopib, 15 daqiqa iliq joyga qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qolgan suvga tuz va o'simlik yog'ini solamiz, ko'pirgan xamirturush va unni solib xamir qoramiz.

Xamirni yumshoqroq qorish kerak.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni ustini yopib, bir soatga iliqroq joyga olib qo'yamiz.

Bir soatdan so'ng xamirni qo'limiz bilan yana bir marotaba mushtlab olamiz va yana oshishiga qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir tayyor bo'lguncha, asosni tayyorlab olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Karamni yupqa to'g'raymiz, tuz sepib qo'lda yaxshilab aralashtiramiz va chetga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Go'shtni yupqa uzunchoq yoki to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.

Piyozni ham mayda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Go'shtni yog' solingan tovada qovurib olamiz.

Go'shtni suvi bug'lanib ketgandan so'nggina piyozni solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Karamni suvini to'kib, o'zini tovaga solamiz.

Hamma sabzavotlarni tovada taxminan 7-9 daqiqa davomida qovurib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qovurish jarayonining oxirida mayda to'g'ralgan kashnich, mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyoz solamiz va murch sepib yaxshilab aralashtiramiz.

Pishgan asosni sovutib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirni olamiz va dumaloq sharlarga ajratib chiqamiz.

Hozirgi xamirdan taxminan 15 ta sharchalar hosil bo'ladi.

Qadam 11
Tugallandi

Har bir xamirni yoyamiz va ichiga bir osh qoshiqdan asos solib chiqamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pigodilarga kerakli shakl berib tugib chiqamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Pigodilarni yog'langan mantiqosqonga terib chiqamiz va 20-30 daqiqa oshishi uchun qo'yib qo'yamiz.

Qadam 14
Tugallandi

So'ng pigodilarni 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishgandan so'ng chetga olib qo'yamiz va 15 daqiqa qopqog'ini ochmaymiz.

So'ng pigodilarni issiqligida sabzili salat yoki soya qaylasi bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 10
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
600 gramm un
360 millilitr iliq suv
2.5 osh qoshiq quruq xamirturush
2 osh qoshiq shakar
1.5 choy qoshiq tuz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Asosiga:
300 gramm mol go'shti
600 gramm karam
1 bosh piyoz
1 bog' kashnich
3 tishcha sarimsoqpiyoz
ta'bga ko'ra tuyilgan kashnich
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Batafsil fotoretsept: Gulxonim
keyingi
Batafsil fotoretsept: Koreyscha kim-pab rollarini uyda tayyorlash

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.