fbpx
Oshirma xamirdan olcha va o’rikli pirog

Oshirma xamirdan olcha va o’rikli pirog

Masalliqlar:

  • xamiriga

  • asosiga

Yo’nalishlar

Oilaviy choy ichishlar yoki mehmondorchiliklar uchun oshirma xamirdan olcha va o’rikli pirog pishirishni tavsiya etamiz. Ushbu pirog – chiroyli ko’rinishga ega bo’lib, ta’mi esa barchani lol qoldirishi aniq.

O’rik va olcha pirog ichida bir-biri bilan a’lo darajada chiqishib, mazasi esa ajoyib tarzda uyg’unlashadi. Xamiri juda mayin, asosi esa olchaning yoqimli nordon ta’miga ega, sersuv va xushbo’y bo’lib pishadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
2 ta tuxum
100 gramm margarin yoki sariyog'
10 gramm quruq xamirturush
100 gramm shakar
200 millilitr iliq sut
450-500 gramm un
0,5 choy qoshiq tuz
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i+sut
asosiga
300 gramm olcha yoki shpanka
500 gramm o'rik
4-5 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Opara tayyorlaymiz. Iliq sutga 2 choy qoshiqdan shakar va xamirturush solib, aralashtiramiz. Ustini sochiq bilan yopib, issiq joyda 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Chuqur idishda tuxum va qolgan shakarni aralashtirib, ustidan eritilgan sariyog'ni quyamiz va aralashtiramiz,

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra ustidan hosil bo'lgan oparani quyib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oz-ozdan un solib, xamir qoramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni boshqa idishga olib, o'simlik yog'i bilan yog'laymiz. Ustini sochiq bilan yopib, issiq joyga 1 soatga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Asosiga olcha yoki shpankani danagidan ajratamiz.

O'rikni ham danagidan ajratib, 4 bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Mevalarni shakar va kraxmal bilan aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Oshgan xamirni 2 ta bo'lakka bo'lamiz. Birinchi bo'lak xamirning 1/3 qismi, ikkinchisi 2/3 qismi (ya'ni kattaroq) bo'lishi kerak.

Katta bo'lakni gaz pechi patnisidan sal kattaroq hajmda yoyamiz va gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirning ikkinchi bo'lagini yoyib, uzunchoq tasma shaklida kesib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Gaz pechi patnisidagi xamir ustidan asosni qo'yib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Asos ustidan xamir tasmalarini panjara shaklida qo'yib chiqamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pastdagi xamirning chetlarini tepaga qilib, chiqamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Pirog ustiga tuxum sarig'ini suritib, 165-170 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40-50 daqiqaga yuboramiz.

Agar pirog tez qizarsa, ustini folga bilan yopib, kerakli vaqt pishirib olsa ham bo'ladi.

Qadam 14
Tugallandi

Pirogni dasturxonga sovutib, ustiga shakar upasini sepib tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
2 ta tuxum
100 gramm margarin yoki sariyog'
10 gramm quruq xamirturush
100 gramm shakar
200 millilitr iliq sut
450-500 gramm un
0,5 choy qoshiq tuz
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i+sut
asosiga
300 gramm olcha yoki shpanka
500 gramm o'rik
4-5 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
oldingi
Videoretsept: keyk-popslar
keyingi
Tvorogli xamirdan olchali o’ramalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.