Ko’katli «garmoshka» noni
Masalliqlar:
-
275 gramm un
-
100 millilitr sut
-
2 gramm tuz
-
10 gramm shakar
-
8 gramm quruq xamirturush
-
1 dona tuxum
-
50 gramm margarin yoki sariyog'
-
70 gramm pesto qaylasiyoki xohlagan ko'katlar, sarimsoq piyoz va o'simlik yog'i aralashmasi
Yo’nalishlar
Har qanday kayfiyatni ham ko’tarishga qodir bo’lgan noodatiy ko’rinishli non retsepti! Tabiat qo’yniga chiqqanda ham bunday non grillda pishirilgan go’sht va sabzavotlarga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi.
Bunday non haqiqatdan ham juda mazalidir, ishonavering!
Asosi sifatida bizlar mana bu retsept asosida tayyorlangan pesto qaylasidan foydalandik, ammo uning o’rniga ham mayda to’g’ralgan ko’katlar, sarimsoq piyoz va o’simlik yog’ini aralashtirib ham foydalanishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
275 gramm un | |
100 millilitr sut | |
2 gramm tuz | |
10 gramm shakar | |
8 gramm quruq xamirturush | |
1 dona tuxum | |
50 gramm margarin yoki sariyog' | |
70 gramm pesto qaylasi |
Unni tog'orachaga solamiz va quruq xamirturushni ustidan sepamiz.
Ustidan shakar, tuxum, sut, eritilgan sariyog' va tuzni solib, yumshoqina, silliq xamir qorib olamiz.
Xamir ustini yopib, ko'tarilishi uchun taxminan 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.
Xamirni bir mushtlab olib, so'ng to'rtburchak shaklda, 5 mm qalinlikda yoyib olamiz.
Xamirni to'rtta bir xil kattalikdagi lentalar kesib olamiz.
Xamir bo'laklariga pesto qaylasidan surtib, bir birining ustidan qo'yib taxlaymiz.
So'ng ularni bir xil bo'laklarga kesib chiqamiz.
Hosil bo'lgan xamir bo'laklarini qolipga solamiz va ustini yopib, 45 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
190 C darajada qizigan pechda 30-35 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
275 gramm un | |
100 millilitr sut | |
2 gramm tuz | |
10 gramm shakar | |
8 gramm quruq xamirturush | |
1 dona tuxum | |
50 gramm margarin yoki sariyog' | |
70 gramm pesto qaylasi |