fbpx
Ryajenkadan tayyorlangan parhezbop desert

Ryajenkadan tayyorlangan parhezbop desert

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sut mahsulotlarini sevib iste’mol qiluvchilarga mana bunday shirinlik juda yoqadi. Shuningdek u juda tez va oson tayyorlaniladi.

Desertni xohishga qarab, kakao, shokolad yoki rezavor mevalar bilan bezatish mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

100 millilitr sut
5 gramm jelatin
5 gramm steviya yoki shakar
ta'bga qarab vanil ekstrakti
100 millilitr ryajenka
Qadam 1
Tugllandi

Sovuq sutga jelatinni solib, 15 daqiqaga bo'ktirib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qozonchaga solingan sut-jelatinli aralashmani solib, gazga qo'yamiz. Jelatin erigunga qadar 60-70 C gacha qizdiramiz. Faqat qaynab ketmasligi lozim.

Qadam 3
Tugllandi

Iliq massaga shakar va vanil shakarini solib, aralashtirib olamiz. So'ng yupqa qilib, ryajenkani quyamiz. Aralashtiramiz.

Xohlagan qolipchalarga quyib, 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

100 millilitr sut
5 gramm jelatin
5 gramm steviya yoki shakar
ta'bga qarab vanil ekstrakti
100 millilitr ryajenka
oldingi
Jeymi Oliver retsepti asosida pishirilgan kish
keyingi
Tovuqli ramyon

Fikringiz