fbpx
Kefir solib pishirilgan mayizli «mannik»

Kefir solib pishirilgan mayizli «mannik»

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kefir solib pishiriladigan «mannik» juda mazali, yumshoq va shishib pishadi.

Bu avloddan-avlodga o’tib kelayotgan, pazandalar yon daftarchasidan o’rin egallaydigan universal retsept hisoblanadi. Bu pirogning tayyorlanilishi oson, mahsulotlarining esa stakanlarda o’lchanishi juda qulaydir.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 7 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 stakan kefir
1 stakan bug'doy yormasi
1 stakan un
2/3 stakan shakar
3 ta tuxum
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
7 gramm qabartma
100 gramm mayiz
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Mayizni yuvib, qog'oz sochiq ustiga terib quritamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kefirga bug'doy yormasini solamiz, aralashtirib, 15 daqiqa ko'pi bilan yarim soatga xona haroratida qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum bilan shakarni yaxshilab ko'pirtirib olamiz, ustidan bir chimdim tuz, vanil shakari va o'simlik yog'ini solamiz.

Silliq holatga kirgunicha 1-2 daqiqa davomida yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Hosil bo'lgan aralashmaga ivitilgan bug'doy yormasini solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Unni mayiz va qabartma bilan aralashtirib, qolgan mahsulotlarga qo'shamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

220 ml li qolipga yog' surtamiz va un sepamiz. Ichiga xamirni quyamiz.

180 C darajada qizdirilgan pechda 40-50 daqiqa davomida pishiramiz. Birinchi 20 daqiqa gaz pechini ochish mumkin emas.

Qadam 7
Tugallandi

Sovigandan keyin qolipdan ajratamiz va xohishga qarab, glazur yoki shakar upasi bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 10
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 stakan kefir
1 stakan bug'doy yormasi
1 stakan un
2/3 stakan shakar
3 ta tuxum
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
7 gramm qabartma
100 gramm mayiz
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
oldingi
Osiyocha uslubda tayyorlangan salat
keyingi
Rukkola ko’katidan mazali salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.