fbpx
Italyancha yupqa xamirli pitsa

Italyancha yupqa xamirli pitsa

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Bugun xuddi qahvaxonalarda tortiladigan yupqa xamirli pitsalarning asl retseptini taqdim etmoqchimiz. Bunday xamirni tayyorlash juda oson.

Bunday pitsa o’zining ta’mi bilan katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 16 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
200 gramm un
125 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq quruq xamirturush
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
2 osh qoshiq zaytun moyi
Asosiga:
100 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
100 gramm qizil piyoz
40 gramm yashil bulg'or qalampiri
2 osh qoshiq pomidor pastasi
200 gramm motsarella pishlog'i
ta'bga qarab marinadlangan kavar kurtaklari kapersi
ta'bga qarab rukkola
Qadam 1
Tugallandi

Iliq suvga shakar va tuzni solib eritamiz. Xamirturushni solib, ustini sochiq bilan yopamiz va 10 daqiqa xamirturush faollashishi ucun iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Chuqurroq tog'orachaga unni elab solamiz, ustidan zaytun yog'i, xamirturushli aralashmani solamiz va yumshoq, lekin qo'lga yopishmaydigan xamir qoramiz. Xamirni ustini yopib, 15 daqiqa tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamir tinguniga qadar asosiga solinadigan barcha masalliqlarni to'g'rab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni 3-4 mm qalinlikda aylana shaklda yoyib olamiz va pergament qog'oz to'shalgan patnisga olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirning ustidan pomidor pastasini surtamiz, to'g'ralgan piyoz, bulg'or qalampiri, tovuq, xohishga qarab marinadlangan kavar kurtaklaridan sepamiz. Ustidan to'g'ralgan motsarella pishlog'i bo'lakchalarini teramiz.

Qadam 6
Tugallandi

200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
200 gramm un
125 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq quruq xamirturush
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
2 osh qoshiq zaytun moyi
Asosiga:
100 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
100 gramm qizil piyoz
40 gramm yashil bulg'or qalampiri
2 osh qoshiq pomidor pastasi
200 gramm motsarella pishlog'i
ta'bga qarab marinadlangan kavar kurtaklari kapersi
ta'bga qarab rukkola
oldingi
«Kartoshka» pishirig’i
keyingi
Olmali pechenyelar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.