Olmali pechenyelar

Olmali pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu pechenyelarni pishirishda eng murakkab jarayon olmalarni archish va to’g’rash hisoblanadi. Qolgani esa masalliqlarni aralastirib, gaz pechiga yo’llaymiz, 10-15 daqiqada pechenyelar tayyor!

Bunday pishiriqlar do’mboqqina bo’lib pishadi. Ularni hatto kichik yoshdagi bolalarga ham pishirib bersangiz bo’ladi.

Quyidagi masalliqlardan 50 dona pechenyelar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 16 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
120 gramm shakar
4 ta tuxum
200 gramm margarin yoki sariyog'
500 gramm un
10 gramm qabartma
4 ta katta-katta olma
1 choy qoshiq vanil shakari
ustiga sepish uchun shakar upasi
Qadam 1
Tugllandi

Idishga tuxum, shakar va vanilinni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Eritilgan sariyog'ni solib, yana aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Un bilan qabartmani elab, xamirning ustidan solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Olmalarni po'stini archib, juda mayda qilib to'g'raymiz va xamirga solamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Patnisga pergament qog'oz to'shaymiz va ustidan qoshiq bilan xamirlardan qo'yib chiqamiz. Pishish jarayonida pechenyelar biroz shishadi, shu sabab ham ular orasida yetarlicha masofa bo'lsin.

Qadam 6
Tugllandi

180 C darajada qizigan gaz pechida pechenyelarni 12 daqiqa yoki qizarhuniga qadar pishirib olamiz, Sovigandan so'ng esa ustidan shakar upasi sepib, iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 20 daqiqa
  • Serves 10
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
120 gramm shakar
4 ta tuxum
200 gramm margarin yoki sariyog'
500 gramm un
10 gramm qabartma
4 ta katta-katta olma
1 choy qoshiq vanil shakari
ustiga sepish uchun shakar upasi
oldingi
Italyancha yupqa xamirli pitsa
keyingi
Moshkichiri

Fikringiz