fbpx
Go’shtli «konvertlar»

Go’shtli «konvertlar»

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bunday go’shtli «konvertlar» o’zbekcha go’shtli nonga o’xshab ketib, tez va oson tayyorlaniladi.

Buning uchun esa ko’p masalliqlar talab etilmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 32 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shtidan qiyma
550 gramm un
1 osh qoshiq quruq xamirturush
200 millilitr sut
100 millilitr suv
1 bog' kashnich
1 osh qoshiq shakar
100 gramm sariyog'
2 ta piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Tog'orachaga iliq sut, xamirturush, shakar va eritilgan sariyog'ni solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Suvga tuz sepib, aralashtiramiz va sutli aralashma ustidan quyamiz. Un sepib, xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni iliq joyga 1 soatga qoldiramiz. Bu vaqt mobaynida xamir 2-3 hissaga ko'tarilishi kerak.

Qadam 4
Tugallandi

Asosi uchun qiymaga piyoz, tuz, murch, zira va paprikani solib aralashtiramiz. Shuningdek kashnich va sarimsoq piyozni ham mayda to'g'rab solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni teng bo'laklarga bo'lib, to'rtburchak shaklda yoyib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qiymani xamir ustidan rombsimon shaklda solib, chetki xamirlarini yopishtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tuxum sarig'ini surtib, kunjut sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

170 C darajada qizigan pechda 30-35 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shtidan qiyma
550 gramm un
1 osh qoshiq quruq xamirturush
200 millilitr sut
100 millilitr suv
1 bog' kashnich
1 osh qoshiq shakar
100 gramm sariyog'
2 ta piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Banan-malinali smuzi
keyingi
Malinali pechenyelar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.