fbpx
Bulg’or qalampiridan do’lma

Bulg’or qalampiridan do’lma

Masalliqlar:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

Bugungi bulg’or qalampiridan tayyorlaniladigan do’lmalarimizni gaz pechida smetanali qaylada pishirib olamiz.

Bunday usulda tayyorlanilgan bu taomimizni bir marotaba ta’tib ko’rishning o’zi kifoya, undan so’ng har kuni shunday taomdan xohlab qolishingiz aniq.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 33 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
8-10 dona bulg'or qalampirlari
600 gramm mol go'shtidan qiyma
100 gramm guruch
2 bosh piyoz
1-2 dona pomidor
yarim bog' shivit yoki kashnich
2-3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
100 millilitr suv
Qaylasiga:
300 gramm smetana
2 osh qoshiq pomidor pastasi
300 millilitr suv
1 osh qoshiq un
2 ta piyoz
2 ta qizil sabzi
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
30 gramm sariyog'
1 choy qoshiq shakar
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Guruchni yarim pishgunicha qaynatib olamiz va suvini to'kib tashlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qiymaga pomidor va sarimsoqpiyozni qirg'ichdan chiqarib solamiz, ustidan to'g'ralgan ko'katlar, guruch, tuz va murchni solib aralashtirib olamiz.

Maslahat: qiyma quruq bo'lib qolmasligi uchun, albatta 100 millilitr suvni soling va aralashtirib oling.

Qadam 3
Tugallandi

Bulg'or qalampirlarini dumini olib yuvamiz va ichiga qiymali aralashmamizdan to'ldiramiz. Pishiradigan toblatmalarga mo'ljallanilgan qolipga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qozonchaga sariyog' va o'simlik yog'ini solib qizdiramiz, to'g'ralgan piyozni solib yumshagunicha qovuramiz. So'ng qirg'ichning katta tishchasidan chiqarilgan sabzi va to'g'ralgan sarimsoqpiyozni solib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pomidor qaylasini solamiz va aralashtiramiz. So'ng un bilan aralashtirilgan smetanani solamiz.

Ustidan suvni solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Shakar, tuz va murchni solamiz, qaylana qaynash darajasiga keltiramiz, lekin qaynatmaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qaylamni qalampirlar ustidan quyamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ustini folga bilan yopib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soat davomida, so'ng folgani olib tashlab 20 daqiqa pishiramiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
8-10 dona bulg'or qalampirlari
600 gramm mol go'shtidan qiyma
100 gramm guruch
2 bosh piyoz
1-2 dona pomidor
yarim bog' shivit yoki kashnich
2-3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
100 millilitr suv
Qaylasiga:
300 gramm smetana
2 osh qoshiq pomidor pastasi
300 millilitr suv
1 osh qoshiq un
2 ta piyoz
2 ta qizil sabzi
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
30 gramm sariyog'
1 choy qoshiq shakar
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Bolalar oshxonada: Yorkshir pudinglari
keyingi
Xom tuxumlar qo’shilmagan Tiramisu

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.