fbpx
Batafsil fotoretsept: tovuqli shaurma

Batafsil fotoretsept: tovuqli shaurma

Masalliqlar:

  • Tovuq marinadi uchun

  • Sous uchun

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Pechda taxta tayoqchalari ustida pishirilgan tovuq go’shtidan shaurma. Mashhur tez taomni uyda tayyorlashning antiqa usuli. 

To’yimli tamaddi uchun a’lo tanlov. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 paket lavash
2 ta taxta tayoqchalar
1 ta piyoz
Tovuq marinadi uchun
1 kilogramm tovuq sonlari
3 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq achchiq qizil qalampir kukuni
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
30 millilitr o'simlik yog'i
5 ta kartoshka
Sous uchun
100 gramm mayonez
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq xantal
limon sharbati
yarim bog' kashnich
Nachinka uchun
2 ta pomidor
2 ta bodring
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz. Kartoshkani somoncha shaklida to’g’raymiz. Tovuq sonini teri va suyakdan tozalaymiz.
Tovuq filesini ishlatishni tavsiya etmaymiz, u holda go’sht quruq bo’lib qoladi.

Qadam 2
Tugallandi

Taxta tayoqchalarni ustiga suv quyib, tovuq go’shti marinovka bo’lgunicha suv ichida qoldiramiz. Eng uzun tayoqchalarni ishlatishni tavsiya etamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Katta idishda o’simlik yog’i va ziravorlarni aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuq sonlari va kartoshkani qo’shib, marinad masalliqlarni qoplagunigacha aralashtiramiz. Yopishqoq plyonka bilan berkitib sovutgichga 2 soatga olib qo’yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sous tayyorlaymiz

Idishda mayonez, xantal, presslangan sarimsoqpiyoz, mayda to’g’ralgan ko’kat va limon sharbatini aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Piyozni bir tomonini tekis bo’lishi uchun kesib tashlaymiz va 2-3 ta taxta tayoqchalarni piyoz ichiga sanchamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovuq go’shtini, bir-biriga zich qilib, tayoqchalarga o’tkazamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayoqchalarga o’tkazilgan go’shtni pergament qog’oz solingan pech patnisiga qo’yamiz. Chetlariga kartoshkalarni terib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

50 daqiqa davomida 190C darajagacha qizdirilgan pechda pishiramiz. Tayyor tovuq kabobini pechdan chiqaramiz, biroz sovutib, ingichka qilib to’g’raymiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pomidor va bodringni ingichka yarim halqa shaklida to’g’raymiz.

Qadam 11
Tugallandi

Shaurmani tayyorlaymiz

Lavash xamirini o’rtasidan bo’lamiz va sous surtamiz. Lavashning bir chetiga to’g’ralgan tovuq go’shti, kartoshka, bodring va pomidorni qo’yib chiqamiz. Lavashni o’raymiz.

Qadam 12
Tugallandi

Shaurma qarsildoq bo’lishi uchun, qizdirilgan gril tovasida ikki tomonini qovurib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 3
  • O’rtacha
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 paket lavash
2 ta taxta tayoqchalar
1 ta piyoz
Tovuq marinadi uchun
1 kilogramm tovuq sonlari
3 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq achchiq qizil qalampir kukuni
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
30 millilitr o'simlik yog'i
5 ta kartoshka
Sous uchun
100 gramm mayonez
4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq xantal
limon sharbati
yarim bog' kashnich
Nachinka uchun
2 ta pomidor
2 ta bodring
oldingi
Videoretsept: rulet tiramisu
keyingi
Videoretsept: qulupnaylik muzqaymoq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.