Muzqaymoq krem bilan bezatilgan biskvitli tort

Muzqaymoq krem bilan bezatilgan biskvitli tort

Masalliqlar:

  • Biskvitiga:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

Yaqinlaringizni nihoyatda mazali va ajoyib ko’rinishga ega biskvitli tort bilan siylang. Muzqaymoq ta’mini eslatuvchi mayin krem esa takrorlanmas huzur bag’ishlashi shubhasiz!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 45 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Biskvitiga:
4 ta tuxum
180 gramm shakar
170 gramm un
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
3 osh qoshiq qaynoq suv
Kremiga:
4 dona tuxum sarig'i
200 gramm shakar
5 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq vanil shakari
500 millilitr sut
200-250 gramm sariyog'
bezatish uchun rezavor mevalar
Qadam 1
Tugllandi

Biskvitni bir kun oldin pishirib qo'yamiz.

Uning qanday tayyorlanilishini esa sal avvalroq berib o'tgan edik.

Qadam 2
Tugllandi

Pishgan biskvitni 6-8 soat davomida sovutib qo'yamiz. Iloji bo'lsa bir kechaga qoldirsak, uni kesish oson kechadi.

Qadam 3
Tugllandi

Biskvitni sovutgichdan olib, teng uchga bo'lamiz. Ustidan qiyom quymaymiz, biskvit o'zi yetarlicha nam.

Qadam 4
Tugllandi

Kremini tayyorlab olamiz

Tuxum sarig'i va shakarni oqarguniga qadar, taxminan 5-7 daqiqa mikserda ko'pirtirib olamiz.

Kraxmal va vanil shakarini solib, yana 3-4 daqiqa ko'pirtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Ustidan oz-ozdan xona haroratidagi sutni quyamiz va yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Hammasini qozonchaga quyamiz va gazga qo'yib, qizdiramiz. To'xtatmay kovlab turamiz. Qaynab, quyulishni boshlasa, olovni o'chiramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Kremni tog'orachaga olamiz. Ustida parda hosil bo'lmasligi uchun oziq-ovqat pelyonkasini tekkizib, ustini yopamiz.

2-3 soat yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Xona haroratidagi sariyog'ni yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Ko'pirtirishda to'xtamay, 1 osh qoshiqdan sovigan kremdan solamiz. Krem o'z shaklini yaxshi ushlaydigan holatga kiradi.

Kremni 30-40 daqiqa sovutgichga olib qo'yib, so'ng undan foydalanamiz.

Qadam 9
Tugllandi

So'ng biskvitlarga krem surtamiz. Xoshishga qarab kremni pishiriq qopchasiga solib ishlatish mumkin.

Bunday krem shaklini yaxshi ushlab, tortni bezatishda hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi.

Ustini esa rezavor mevalar va krem bilan bezatib chiqamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Biskvitiga:
4 ta tuxum
180 gramm shakar
170 gramm un
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
3 osh qoshiq qaynoq suv
Kremiga:
4 dona tuxum sarig'i
200 gramm shakar
5 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq vanil shakari
500 millilitr sut
200-250 gramm sariyog'
bezatish uchun rezavor mevalar
oldingi
Videoretsept: qo’ziqorin va tovuqli lazanya
keyingi
Qovurilgan gulkaram

Fikringiz