fbpx
Batafsil fotoretsept: smetanali quymoqli olmali pirog

Batafsil fotoretsept: smetanali quymoqli olmali pirog

Masalliqlar:

  • xamir uchun

  • Quymoq uchun

Yo’nalishlar

Bu olmali pirog u qadar mayinki, og’zingizda eriydi. Smetanali quymoq esa xuddi kremga o’xshaydi. Pirog oson tayyorlanadi va masalliqlar har doim qo’l ostida.

Bunday pishiriq ham oila atrofida choy bilan, ham mehmonlarga torish uchun yaxshi tanlov. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
270 gramm un
1 ta tuxum
250 gramm muzdek sariyog'
50 gramm shakar
Quymoq uchun
4 ta yashil olma
3 ta tuxum
100 gramm shakar
10 gramm vanilin
180 gramm smetana
1 osh qoshiq limon sharbati
1 ta limon sedrasi
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

220 gramm elangan unga muzdek sariyog’ni qo’shamiz (qirg’ichdan o’tkazilgan yoki pichoqda mayda qilib kesilgan) va qo’l bilan uqalaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shakar, tuxum va qolgan unni qo’shib yumshoq xamir qoramiz. Xamirga uzoq ishlov bermaymiz, dumaloq qilib yopishqoq plyonkaga o’raymiz va 30 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Quymoq tayyorlaymiz

Chuqur idishda tuxum, shakar va vanilinni ko’pirtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Smetana, limon sedrasi va sharbatini qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Olmalarni po’stlog’i va danaklaridan tozalaymiz. O’rtasidan bo’lib, ustini ingichka kesib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni sovutgichdan chiqaramiz va 24 sm diametrli qolipga solamiz. Qolip bo’yicha tekislaymiz va chetlarini baland qilib ko’taramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamir ustiga olmalarni qo’yamiz va quymoqni quyamiz.

Qadam 9
Tugallandi

220С gacha qizdirilgan pechga 35-40 daqiqaga qo’yamiz.
 Pirog sovugandan so’ng untiga shakar upasi sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1,5 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 220C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
270 gramm un
1 ta tuxum
250 gramm muzdek sariyog'
50 gramm shakar
Quymoq uchun
4 ta yashil olma
3 ta tuxum
100 gramm shakar
10 gramm vanilin
180 gramm smetana
1 osh qoshiq limon sharbati
1 ta limon sedrasi
oldingi
Gruzincha salat «Atsesili»
keyingi
Videoretsept: «Bao» bulochkalari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.