Qiyma bilan to’ldirilgan qovoqchalar

Qiyma bilan to’ldirilgan qovoqchalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agarda siz ham mazali, ham foydali taomdan tayyorlashni istasangiz, unda qiyma bilan to’ldirilgan qovoqchalar retsepti sizga yordamga keladi.

Ko’pchilikka tanish bo’lgan bu yegulikni tayyorlashda ko’p masalliqlar talab etilmaydi va shuningdek pishish jarayonida ham qovoqchalar o’zining foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

300 gramm qiyma mol yoki tovuq go'shti
3-4 ta qovoqcha
1 bosh piyoz
bir nechta shoxcha xohlagan ko'katlar
200 gramm pishloq
100 gramm smetana
1 osh qoshiq pomidor pastasi
150 millilitr suv
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Qovoqchalarni 3-4 sm uzunlikda to'g'rab olamiz.

Qoshiq yordamida ichini o'yib tashlaymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qiymaga piyoz va ko'katlarni mayda to'g'rab solamiz, o'yilgan qovoqcha ichini maydalab solamiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Pishloqni qirg'ichdan chiqarib, smetana bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Qiymani qovoqchalar ichiga solib chiqamiz. Ustidan pishloqli aralashmadan ham solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Ularni qolipga terib chiqamiz. Suvga tomat pastasini solib, tuz va murch sepamiz. Aralashtirib, qovoqchalar terilgan qolipga quyamiz.

Qadam 6
Tugllandi

180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz. Agar usti tez qizarsa, unda ustini folga qog'oz bilan yopib, pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm qiyma mol yoki tovuq go'shti
3-4 ta qovoqcha
1 bosh piyoz
bir nechta shoxcha xohlagan ko'katlar
200 gramm pishloq
100 gramm smetana
1 osh qoshiq pomidor pastasi
150 millilitr suv
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Yelim xaltachada tayyorlanadigan kam tuzli bodring
keyingi
Videoretsept: pishloqli tezpishar xachapurilar

Fikringiz