fbpx
Javdar unidan qilingan parhezbop pirojkalar

Javdar unidan qilingan parhezbop pirojkalar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Yegulikning asosini javdar uni tashkil etishi sabab ham, bu pishirig’imiz asosan to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qiluvchilarga mo’ljallangan.

100 gramm yegulikning taxminiy ozuqaviy qiymati: 243 kKal bo’lib, oqsillar — 16 gr, yog’lar — 11 gr, uglevodlar — 19 gr ni tashkil etadi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
120 gramm javdar uni
120 gramm un
bir chimdim tuz
30 millilitr o'simlik yog'i
70 millilitr suv
Asosiga:
400 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
70 gramm piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga surtish uchun sut+ tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugllandi

Idishga un, tuz, yog' va suvni solib, xamir qorib olamiz. Agar suv kamlik qilsa, yana ozroq soling. Xamirni ustini yopib, yarim soat sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tovaga ozgina yog' solib, qiyma va to'g'ralgan piyozni pishgunicha qovuramiz. Pishiriqlarni tugishni boshlashdan oldinroq tuz va murch sepamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni sovutgichdan olib, 9-10 ta bo'lakka bo'lamiz. Har birini aylana shaklda yoyib, qiymali aralashmadan solamiz va xohlagan shaklda tugib chiqamiz. Ustiga sut va tuxum sarig'ini aralashtirib, surtib chiqamiz.

180 C darajada qizigan pechda 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
120 gramm javdar uni
120 gramm un
bir chimdim tuz
30 millilitr o'simlik yog'i
70 millilitr suv
Asosiga:
400 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
70 gramm piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga surtish uchun sut+ tuxum sarig'i
oldingi
Videoretsept: Olcha va shokoladli pirog
keyingi
Kartoshka va kolbasali salat

Fikringiz