fbpx
  • Asosiy
  • Pishiriqlar
  • Batafsil fotoretsept: Olma va dolchin bilan pishirilgan tvorogli pirojkalar
Batafsil fotoretsept: Olma va dolchin bilan pishirilgan tvorogli pirojkalar

Batafsil fotoretsept: Olma va dolchin bilan pishirilgan tvorogli pirojkalar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Tashqi ko’rini oddiy, ammo ta’mi juda mazali bo’lmish mana bunday olmali pishiriqlar katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq. Unga solinadigan dolchin esa olmalarning ta’mini yanada totliroq chiqishini ta’minlaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Xamiriga:
500 gramm yumshoq tvorog
500 gramm un
250 gramm shakar
200 millilitr o'simlik yog'i
2 ta tuxum oqi
20 gramm qabartma
2 ta tuxum sarig'i ustiga surtish uchun
Asosiga:
800 gramm shirin-nordon ta'mli olma
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
Qadam 1
Tugallandi

Xamirini tayyorlab olamiz

Tog'orachaga tvorog, shakar, tuxum oqi va o'simlik yog'ini solamiz. Mikser yordamida masalliqlar birlashguniga qadar aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Un va qabartmani elab oz-ozdan solamiz va xamir qorib olamiz.

Xamir yumshoq, lekin qo'lga yopishmaydigan bo'lishi kerak.

Tvorogning namligi yoki quruqligiga qarab, un ko'proq yoki aksincha kamroq ketishi mumkin.

Qadam 3
Tugallandi

Asosini tayyorlab olamiz

Olmalarni po'stini archib, qirg'ichni katta tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni teng 20 ta bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir bo'laklarini o'rtacha qalinlikda yoyib olamiz va 1 osh qoshiqdan maydalangan olma solib, chetlarini bir-biriga yopishtirib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pirojkalarni chokini pastga qilib pergament qog'oz ustidan terib chiqamiz va ustiga tuxum sarig'idan surtamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 35 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
500 gramm yumshoq tvorog
500 gramm un
250 gramm shakar
200 millilitr o'simlik yog'i
2 ta tuxum oqi
20 gramm qabartma
2 ta tuxum sarig'i ustiga surtish uchun
Asosiga:
800 gramm shirin-nordon ta'mli olma
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
oldingi
Videoretsept: Turkcha oshirma xamirli plyushkalar
keyingi
Videoretsept: Kam tuzli gulmohi balig’i (forel)ni to‘g’ri tayyorlash

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.