Qovoqcha va frikadelkalar bilan pishirilgan yozgi sho’rva

Qovoqcha va frikadelkalar bilan pishirilgan yozgi sho’rva

Masalliqlar:

  • Frikadelkalariga:

  • Sho'rvasiga:

Yo’nalishlar

Qovoqcha va frikadelkalar solib pishirilgan bugungi taomimiz juda yengil bo’lib, taomnomangizni boyitishi aniq.

Aytgancha, bu taomni 2 yoshdan oshgan bolalarga berish tavsiya qilinadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 13 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Frikadelkalariga:
200 gramm tovuq go'shti (lahm)
1,5 osh qoshiq bug'doy yormasi
30 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
1 dona tuxum sarig'i
40 gramm qattiq pishloq
ta'bga qarab tuz
Sho'rvasiga:
2 osh qoshiq zaytun moyi
1 bosh piyoz
1 dona sabzi
50 gramm qizil bulg'or qalampiri
300 gramm qovoqcha
1,5 litr suv yoki bulyon
150 gramm ingichka makaron
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Kombayn yoki go'sht qiymalagich yordamida vetchina va tovuq go'shtini maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Hosil bo'lgan massa ustidan tuxum sarig'i, bug'doy yormasi va qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni solamiz.

Tuz sepib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qiymadan koptokchalar yasab olamiz, hajmi yong'odan sal kattaroq bo'lsin.

Likopchaga terib, ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz va sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Piyoz, sabzi. qovoqcha, bulg'or qalampirini mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz va qozonga solib, yog'da ozroq qovuramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Sabzavotlarni taxminan 5-7 daqiqa, yumshaguniga qadar dimlab pishiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Suv yoki bulyon quyib, qaynash darajasiga yetkazamiz, so'ng frikadelkalarni solamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Bulyon qaynashni boshlaganda, olovni pasaytiramiz va 5 daqiqa qaynatamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Sho'rvaga makaronlarni solib, yana 5-7 daqiqa pishiramiz.

Ta'bga qarab tuz va murch sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 40 daqiqa
  • Serves 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Frikadelkalariga:
200 gramm tovuq go'shti (lahm)
1,5 osh qoshiq bug'doy yormasi
30 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
1 dona tuxum sarig'i
40 gramm qattiq pishloq
ta'bga qarab tuz
Sho'rvasiga:
2 osh qoshiq zaytun moyi
1 bosh piyoz
1 dona sabzi
50 gramm qizil bulg'or qalampiri
300 gramm qovoqcha
1,5 litr suv yoki bulyon
150 gramm ingichka makaron
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Sabzili pirog
keyingi
Basbusa – sharqona shirinligi

Fikringiz