Videoretsept: Ideal darajadagi kartoshkali pyure

Videoretsept: Ideal darajadagi kartoshkali pyure

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kartoshkani qaynatib, uni ezib maydalashdan osonrog’i bormi? Oddiy tayyorlaniladigan kartoshkali pyureni bir vaqtning o’zida ham mazali, ham bemaza bo’lib pishishiga aynan o’zimiz sababchi bo’lamiz.

To’g’ri tayyorlashning bir necha qoidalari mavjud bo’lib, agarda shu qoidalarga amal qilsangiz, unda har safar ajoyib ta’mli pyure bilan yaqinlaringizni xursand qilishingiz mumkin.

Sariyog’ va sut — pyurening ideal darajada chiqishini ta’minlaydigan muhim masalliqlar hisoblanadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m sarf qilinadi.*

*nnarxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 kilo kartoshka
800 millilitr suv
10 gramm tuz
50-60 gramm sariyog'
150 millilitr sut yoki 10% li qaymoq
Qadam 1
Tugllandi

Kartoshkalarni po'stini archib, ikkiga bo'lib chiqamiz. Kichikroq kartoshkalarni bo'lish shart emas.

Tavsiya: Kartoshka qanchalik katta to'g'ralsa, u qaynash jarayonida shunchalik kam kraxmal sarflaydi va pyure yopishqoq bo'lib pishishini oldini oladi.

Qadam 2
Tugllandi

Suvni qozonga quyib, gazga qo'yamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng kartoshkalarni solamiz. Yana qayta qaynaganda tuz sepamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Olovni pasaytirib, 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng suvini to'kib tashlaymiz.

Qadam 4
Tugllandi

Kartoshkalar ustidan xona haroratidagi sariyog'ni solamiz va ezib maydalaymiz.

Muhim: pyureni hech qachon mikser yoki blenderda maydalamang. Aks holda momiq pyuredan cho'ziluvchan va shilimshiq aralashma hosil bo'ladi.

Qadam 5
Tugllandi

So'ng esa oz-ozdan iliq sut yoki suyuq qaymoq quyib, aralashtirib chiqamiz. To'g'ralgan ko'katlar sepib, go'sht, kolbasa yoki o'zini dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo kartoshka
800 millilitr suv
10 gramm tuz
50-60 gramm sariyog'
150 millilitr sut yoki 10% li qaymoq
oldingi
Tvorogli yurakchalar
keyingi
Lavashdan qilingan toblatma

Fikringiz