fbpx
Batafsil fotoretsept: limonli keks

Batafsil fotoretsept: limonli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Limon va vanilning nozik hidlari bilan xushbo’ylashgan – ushbu tort hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.

Bunday mazali shirinlik odatda choy bilan birga dasturxonga tortiladi. Keksning yuqori qismini xohlaganingizcha bezashingiz mumkin, masalan: shakar upasi, yangi yalpiz bargi, bir hovuch yangi yoki muzlatilgan mevalar.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 16 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm margarin
200 gramm tuxum
200 gramm shakar
225 gramm un
1 choy qoshiq limon sharbati
limon sedrasi
bir chimdim vanilin
1 choy qoishiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Yumshagan "Домашнее Застолье" margarinini shakar bilan ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Limon sharbati, bir chimdim tuz va bitta limon sedrasini solamiz. Mikser yordamida yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bittadan tuxum solib, har biridan so'ng yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Alohida idishda un, vanilin va qabartmani aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Unli massani xamirga solib, aralashtiramiz. Tayyor bo'lgan xamirni qolipga solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

170 C darajada qizdirilgan gaz pechida qizargunicha 50 daqiqa pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagram: Домашнее застолье
Sayt : www.dom-zastolye.uz
Telefon +998712815740

Bosh ofis:
O'zbekiston, Toshkent sh, Yashnobod tumani, Elbek ko'ch. 11a / 1
office@milkeurofood.com@milkeurofood.com

Reklama huquqi asosida

  • 70 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm margarin
200 gramm tuxum
200 gramm shakar
225 gramm un
1 choy qoshiq limon sharbati
limon sedrasi
bir chimdim vanilin
1 choy qoishiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
oldingi
Videoretsept: dangasa chuchvaralar
keyingi
Boloneze pitsa-ruleti

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.