fbpx
Apelsinli qaylada pishirilgan go’shtli taom

Apelsinli qaylada pishirilgan go’shtli taom

Masalliqlar:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga koreys oshxonasiga mansub ajoyib taom retseptini taqdim etamiz. Shirin ta’mli qaylada pishiriladigan go’sht qanday mazada chiqishi sizni lol qoldirishi aniq.

Garniriga qaynatilgan guruch bilan birga tortishni tavsiya qilamiz.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan  44 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

350 gramm mol go'shti bon file qismi
60 gramm makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
yarimta apelsin
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab o'simlik yog'i
Qaylasiga:
180 millilitr apelsin sharbati
1 osh qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan apelsin po'sti
3 osh qoshiq soya qaylasi
3 osh qoshiq oq vino sirkasi
3 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil
Qadam 1
Tugallandi

Qaylasiga:

Qaylasiga kerakli barcha masalliqlarni kichikroq idishga solamiz, aralashtirib, bir chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Mol go'shtini yupqaroq parrak qilib to'g'raymiz, tuz va much sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida kichikroq idishga makkajo'xori kraxmali va iste'mol sodasini solib aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga yog'ni quyib qizdiramiz.

Go'shtni kraxmalli aralashmaga botirib, tovaga solamiz va har bir tomonini bir daqiqadan qovurib olamiz.

Ehtiyojga qarab, yana o'simlik yog'idan quyish mumkin. Qovurilgan go'shtlarni likopchaga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Shu tovaga maydalangan sarimsoq piyozni solamiz va 30 soniya davomida qovurib olamiz.

Ustidan qaylani quyib, u bug'lanib, ikki martaga kamayguncha qaynatib pishiramiz. So'ng go'sht va to'rtga bo'lib to'g'ralgan apelsinlarni solamiz. Yaxshilab aralashtirib, gazdan olamiz.

Garniriga guruchni qaynatib, birga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

350 gramm mol go'shti bon file qismi
60 gramm makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
yarimta apelsin
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab o'simlik yog'i
Qaylasiga:
180 millilitr apelsin sharbati
1 osh qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan apelsin po'sti
3 osh qoshiq soya qaylasi
3 osh qoshiq oq vino sirkasi
3 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil
oldingi
Suli parchasi va qahvadan tayyorlangan pechenye
keyingi
Kartoshkali turkcha burek

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.