fbpx
Videoretsept: zanjabilli pryaniklar

Videoretsept: zanjabilli pryaniklar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Glazur uchun

Yo’nalishlar

Yumshoq va xushbo’y, glazur bilan bezatilgan zanjabilli pryaniklar nafaqat ajoyib shirinlik, balki archa uchun o’yinchoq yoki chiroyli qutiga solingan yaqinlar uchun sovg’a hamdir.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
125 gramm sariyog'
1 ta tuxum
160 gramm asal
80 gramm shakar
1,5 choy qoshiq dolchin
1 choy qoshiq maydalangan zanjabil
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
Glazur uchun
1 ta tuxum oqi
200 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq limon sharbati
Qadam 1
Tugallandi

Ididshda shakar, asal, dolchin, zanjabil va muskat yong’og’ini birlashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishni olovga qo’yib o’rtacha olovda shakar eriguncha isitamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Idishni olovga qo’yib o’rtacha olovda shakar eriguncha isitamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Issiq aralashmaga sariyog’ qo’shib, eriguncha aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Massani boshqa idishga quyib, 10-15 daqiqaga sovutgani olib qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirga tuxum qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Oz-ozdan un qo’shib, yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni pergament qog’ozi ustida 4-5 mm qalinlikda yoyib, qolipchalar yordamida shakl beramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pryaniklarni pergament qog’ozi solingan patnisga terib, 170C gacha qizdirilgan pechga 7 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor pryaniklarni butunlay sovutamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Idishda tuxum oqini ko’pik hosil bo’lguncha ko’pirtiramiz. Oz-ozdan shakar upasi sepib ko’pirtirishni davom etamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Hosil bo’lgan glazurni qandolat qopchasiga solib, uchini kichkina qilib kesamiz.

Maslahat: agar pryaniklarni rangli glazur bilan bezatisgni xohlasangiz - oq glazurni bir nechta qismga bo’lib, har-biriga ozuqa bo’yog’i qo’shish mumkin.

Qadam 13
Tugallandi

Pryaniklarni ta’bga ko’ra bezatib, glazurni qurishini kutamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 25
  • O’rtacha
  • 170С

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
125 gramm sariyog'
1 ta tuxum
160 gramm asal
80 gramm shakar
1,5 choy qoshiq dolchin
1 choy qoshiq maydalangan zanjabil
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
Glazur uchun
1 ta tuxum oqi
200 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq limon sharbati
oldingi
Videoretsept: marinadlangan qo’ziqorin va bodringli salat
keyingi
Videoretsept: pechda pishirilgan steyk

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.