Videoretsept: no’xat va sabzavotlik salat
Masalliqlar:
-
300 gramm ivitilgan no'xat
-
1 ta bodring
-
1 ta sariq bulg'or qalampiri
-
1 ta piyoz
-
200 gramm feta pishlog'i
-
100 gramm zaytun mevasi
-
100 millilitr zaytun yog'i
-
40 millilitr limon sharbati
-
1 bog' petrushka
-
1 choy qoshiq tuz
-
0,5 choy qoshiq qora murch
Yo’nalishlar
No’xat va sabzavotlardan iborat antiqa va mazali salat. Bu dukkaklik kalsiy, magniy, hamda A va C vitaminlariga boy. To’yimli no’xat tanani energiya bilan boyitadi, hazm qilishni yaxshilaydi va yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
300 gramm ivitilgan no'xat | |
1 ta bodring | |
1 ta sariq bulg'or qalampiri | |
1 ta piyoz | |
200 gramm feta pishlog'i | |
100 gramm zaytun mevasi | |
100 millilitr zaytun yog'i | |
40 millilitr limon sharbati | |
1 bog' petrushka | |
1 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq qora murch |
No’xatni oldindan bir necha soatga suvga solish kerak. Shuningdek, tayyor ivitilgan no’xat ishlatish mumkin.
No’xat ivigandan so’ng, uni yaxshilab yuvib, yangi suv quyib, gazga qo’yamiz. 45-60 daqiqa davomida yumshatib pishiramiz, oxirida tuz sepamiz. Pishgandan so’ng suvini to’kib yuboramiz.
Piyoz va bodringni yarimhalqa shaklida to’g’raymiz. Zaytunni halqalarga kesamiz, agar zaytun mevalari kichik bo’lsa maydalash shart emas.
Bulg’or qalampiri va feta pishlog’ini kubik shaklida to’g’raymiz. Petrushkani mayda to’g’raymiz.
Idishda barcha massalliqlarni aralashtiramiz.
Masalliqlar:
300 gramm ivitilgan no'xat | |
1 ta bodring | |
1 ta sariq bulg'or qalampiri | |
1 ta piyoz | |
200 gramm feta pishlog'i | |
100 gramm zaytun mevasi | |
100 millilitr zaytun yog'i | |
40 millilitr limon sharbati | |
1 bog' petrushka | |
1 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq qora murch |