fbpx
Tovada pishirilgan achchiqqina tovuq go’shti

Tovada pishirilgan achchiqqina tovuq go’shti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ichidan mayin va suvli, usti qarsildoq bo’lib pishgan juda ajoyib taom.

Garniri uchun o’zingiz istagan mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin. Ular kartoshka va sabzavotlar bilan pishirilgan guruch bo’lishi mumkin, lekin ko’proq yupqa lavash bo’laklari to’g’ri keladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
300 gramm tovuq go'shti
120 gramm pomidor
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga ko'ra qalampir
20 gramm sariyog'
1 ta limon
1 ta qizil piyoz
bir nechta petrushka shoxchalari
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari
1,5 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 ta lavash xamiri
Qadam 1
Tugllandi

Tovuq go'shti va pomidorni o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'raymiz. Sarimsoqpiyoz va qalampirni maydalaymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qizigan tovaga o'simlik yog'ini quyamiz. Sarimsoqpiyozni sollib, qovuramiz. 10-15 soniyadan so'ng tovuqni solib, aralashtiramiz va 3-4 daqiqa qovuramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Pomidor va maydalangan qalampirni solamiz. Ziravorlar solib aralashtiramiz va yana 3-4 daqiqa pishiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

So'ngra yarimta limon sharbati, ozroq ko'katlar va sariyog' solib, aralashtiramiz va yana 3-4 daqiqa pishiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Taomni dasturxonga tortish uchun piyozni yarim dumaloq shaklida to'g'rab, ko'katlar bilan aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Lavash xamirini uchburchak shaklida to'g'rab, likopchaga joylashtiramiz. Ustidan tovuqni qo'yib piyoz va ko'katli aralshma bilan bezatamiz. Yonlariga limon bo'laklarini qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 25 daqiqa
  • Serves 3
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
300 gramm tovuq go'shti
120 gramm pomidor
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga ko'ra qalampir
20 gramm sariyog'
1 ta limon
1 ta qizil piyoz
bir nechta petrushka shoxchalari
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari
1,5 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 ta lavash xamiri
oldingi
Videoretsept: gaz pechida pishirilgan bakrabaliq
keyingi
Videoretsept: Tovuqning lahm sonidan qozon-kabob

Fikringiz