fbpx
Mandarinli tart

Mandarinli tart

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tayyorlanishi oson bo’lgan shirinlik nihoyatda ishtahaochar bo’lib, uning nozik tvorogli asosi esa tartni yanada mazaliroq qiladi.

Uni bemalol bayram dasturxoni uchun pishirish mumkin va shuningdek bunday shirinlik oilaviy choy ichishlar uchun ham ayni muddao!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm pechenye
120 gramm sariyog'
200 gramm tvorog
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
120 gramm shakar
10 gramm jelatin
5-6 dona mandarin maydasidan
Qadam 1
Tugallandi

Pechenyelarni paketga solib, uvoq shakliga kelgunicha maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sariyog'ni eritib, pechenye bilan aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tagiga pergament qog'ozi solingan, yonlari yog'langan qolipga pechenyeni tekkislab qo'yib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Jelatinga 3 osh qoshiq suv solib, ishishi uchun 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Idishda qaymoq, tvorog va shakarni ko'pirtiramiz. Ishigan jelatinni isitib eritamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Eritilgan jelatinni qaymoq va tvorogli aralashmaga solamiz. Yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tartni yig'amiz:

Mandarinlarini o'rtasidan kesamiz. Mandarinlarni qolip bo'ylab chetlariga qo'yib chiqamiz. Tvorogli massaning yarimini solib, tekkislaymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tvorogli massaning qolganini ham solib, Ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va butun tunga muzlatgichga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm pechenye
120 gramm sariyog'
200 gramm tvorog
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
120 gramm shakar
10 gramm jelatin
5-6 dona mandarin maydasidan
oldingi
Videoretsept: limonli mayin keks
keyingi
Videoretsept: Tom Yam sho’rvasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.