fbpx
Shaftolili limonad

Shaftolili limonad

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shaftolilar mavsumi tugab qolmasdan ajoyib ichimlik tayyorlang va uning mazasidan bahramand bo’ling.

Bir qultumgia ichib, avval shaftolining yoqimli ta’mi, so’ng esa limon va yalpizning o’zgacha mazasini his qilasiz!

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 16 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

5 ta shaftoli
2 ta limon
3-4 ta yalpiz yaproqchalari
3-4 osh qoshiq asal yoki shakar
150 millilitr suv
1 litr gazlangan suv
Qadam 1
Tugllandi

Limonlarni yaxshilab yuvib, po'stini qirg'ihning kichkina tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Limon po'sti, yalpiz, suv, shakar yoki asalni qozonchaga solib, gazga qo'yamiz. Qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

So'ng esa olovni o'chirib, 5-7 daqiqa sovishi uchun qoldiramiz. Suyuqligimizni doka ro'moldan chiqaramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Limon sharbatini siqib olamiz va qiyom bilan aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Shaftolilarni danagini olib tashlab, o'zini esa blender idishiga solamiz va pyuresimon holatga kirgunicha ezib maydalaymiz.

Qadam 6
Tugllandi

Massani to'rli suzgich9sito0dan o'tkazamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Shaftolili pyureni qiyomli aralashma bilan birlashtiramiz. Ustidan gazli suvni quyib, 15 daqiqa tindirib qo'yamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Bokallarga muz bo'lakchalari va yalpiz yaproqchalari solib, ichimlikdan quyamiz. Shaftoli bo'lakchalari bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

5 ta shaftoli
2 ta limon
3-4 ta yalpiz yaproqchalari
3-4 osh qoshiq asal yoki shakar
150 millilitr suv
1 litr gazlangan suv
oldingi
Videoretsept: qaynatma krem va olchali jele bilan pishirilgan tart
keyingi
Kefirda qilingan go’shtli pirojkalar (kibinay)

Fikringiz