Glazurga ega limonli pechenye
Masalliqlar:
-
180 gramm yumshatilgan sariyog'
-
100 gramm shakar
-
bir chimdim tuz
-
250 gramm un
-
1,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
limon sedrasi
-
glazuri uchun
-
100 gramm sutli shokolad
-
sepish uchun bezaklar
Yo’nalishlar
Bayram shukuhiga ega yorqin pechenyelar pishirishga nima deysiz? Ushbu pechenyelar ajoyib limon ta’miga ega, xushbo’y shokoladli glazurga belangan, usti qarsildoq bo’lib pishadi.
Oddiy masalliqlardan tayyorlangan, og’izda eriydigan bunday shirinlik barchaga manzur kelishi aniq.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
180 gramm yumshatilgan sariyog' | |
100 gramm shakar | |
bir chimdim tuz | |
250 gramm un | |
1,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
limon sedrasi | |
glazuri uchun |
|
100 gramm sutli shokolad | |
sepish uchun bezaklar |
Yumshatilgan sariyog'ni shakar, limon sedrasi va bir chimdim tuz bilan ko'pirtiramiz.
Yorqin massa hosil bo'lgunicha ko'prtirib, so'ngra qabartma va un solib, xamir qoramiz.
Xamirdan "kolbasa" hosil qilib, yopishqoq plyonkaga o'raymiz va 2-3 soatga muzlatgichga yuboramiz.
Sovugan kolbasa shaklidagi xamirni 1,5 sm qalinlikdagi bo'laklarga bo'lamiz.
Har bir bo'lakni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga bir-biridan uzoqroq masofada joylashtiramiz.
200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 15-20 daqiqaga yuboramiz. So'ngra yaxshilab sovutamiz.
Masalliqlar:
180 gramm yumshatilgan sariyog' | |
100 gramm shakar | |
bir chimdim tuz | |
250 gramm un | |
1,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
limon sedrasi | |
glazuri uchun |
|
100 gramm sutli shokolad | |
sepish uchun bezaklar |