fbpx
Videoretsept: qovoqda pishirilgan jarkop

Videoretsept: qovoqda pishirilgan jarkop

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qovoqda pishirilgan jarkopni tayyorlab siz oddiy taomni haqiqiy oshpazlik asariga aylantirasiz. Kuzgi oqshomlarda sizni isitadigan yorqin, xushbo’y, mazali taom.

Jarkop pishish jarayonida qovoq ta’mi va iforiga to’yinadi va yanada mazaliroq bo’ladi!
Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1-1,5 kilogramm qovoq juda katta bo'lmagan
200 gramm mol go'shti
50 millilitr o'simlik yog'i
100 gramm piyoz
70 gramm sabzi
2 choy qoshiq pomidor pastasi
120 gramm kartoshka
60 gramm bulg'or qalampiri
60 gramm pomidor
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
150-200 millilitr sovuq suv
kashnich shoxchalari
ta'bga ko'ra zira va kashnich
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Qovoqni yuvib, boshini ehtiyotkorlik bilan kesib olamiz. Ichidagi urug'lari va yumshoq joylaridan tozalaymiz.

Eslatma: asosining suvi chiqib ketmasligi uchun qovoqning devorlari juda ingichka bo'lib ketmasligi kerak.

Barcha sabzavotlarni o'rtacha, taxminan bir xil to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Chuqur tovaga o'simlik yog'ini quyib, qizdiramiz.

O'rtacha bo'laklarga bo'lingan mol go'shtini solib, tahminan 3-4 daqiqa o'rtacha olovda qizargunicha qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyoz va sabzini qo'shib, yana 3 daqiqa qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra pomidor pastasini solib, yaxshilab aralashtiramiz va tahminan 1 daqiqa qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kartoshkani solib, 2-3 daqiqa o'rtacha olovda qovuramiz.

Oxirida bulg'or qalampiri, pomidor va maydalangan sarimsoqpiyoz bo'laklarini solamiz. Ziravorlar sepib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Suv quyib, maydalangan ko'katlarni solamiz. O'rtacha olovda 15 daqiqa pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qovoq ichiga sabzavotli asosni solib, ustini kesib olingan boshi bilan yopamiz va yaxshilab folga bilan o'rab chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan mini pechga 1 soat 30 daqiqaga yuboramiz.

Eslatma: ushbu taomni bitta katta qovoqda, yoki kichik qovoqchalarda ham pishirish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • 120 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1-1,5 kilogramm qovoq juda katta bo'lmagan
200 gramm mol go'shti
50 millilitr o'simlik yog'i
100 gramm piyoz
70 gramm sabzi
2 choy qoshiq pomidor pastasi
120 gramm kartoshka
60 gramm bulg'or qalampiri
60 gramm pomidor
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
150-200 millilitr sovuq suv
kashnich shoxchalari
ta'bga ko'ra zira va kashnich
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Italyancha krostata
keyingi
Kartoshkali asosga ega bulochkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.