fbpx
Uyda tayyorlangan hot-doglar

Uyda tayyorlangan hot-doglar

Masalliqlar:

  • bulochkasi uchun

  • asosi uchun

Yo’nalishlar

Sizga eng sevimli amerikancha fast foodni uyda tayyorlashni taklif etamiz. Uyda mazali hot-dogni nonushta yoki kechki ovqat uchun tayyorlash mumkin.

Siz o’zingizning takrorlanmas hot-dog retseptlaringizni yaratib, doimo turli xil masalliqlar bilan tajriba qilishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
bulochkasi uchun
120 millilitr iliq sut
120 millilitr iliq suv
1 osh qoshiq quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
1 ta tuxum
470 gramm un
1 choy qoshiq tuz
40 gramm sariyog'
ustiga suritish uchun tuxum
asosi uchun
7 ta sosiska
bir nechta salat bargi
80 gramm pishloq
bezak uchun pomidorli ketchup
2 ta pomidor
bezak uchun qovurilgan piyoz halqasi
bezak uchun mayonez
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishga iliq suv, iliq sut, xamirturush va shakar solamiz. Aralashtirib, ustini sochiq bilan yopamiz va issiq joyga 15 daqiqaga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum, sariyog' va tuz solib, aralashtiramiz. Un solib, xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yaxshilab xamir qorib, issiq joyga 1 soatga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oshgan xamirni 7 ga bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga uzunchoq bulochka shaklida joylashtiramiz. Ustini sochiqcha bilan yopib, 20 daqiqa tindirib qo'yamiz. Ustiga tuxum surtamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor bulochkalarni o'rtasidan bo'lamiz (oxirgacha emas) va tovada 30 soniya qovurib olamiz.

Sosiskalarni ham qizartirib qovurib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Hot-doglar hosil qilamiz:

O'rtasi ochiq bulochkalarning ichiga salat bargi, sosiska va pishloq qo'yamiz.
Ta'bga ko'ra ketchup, mayonez va piyoz solamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 7
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
bulochkasi uchun
120 millilitr iliq sut
120 millilitr iliq suv
1 osh qoshiq quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
1 ta tuxum
470 gramm un
1 choy qoshiq tuz
40 gramm sariyog'
ustiga suritish uchun tuxum
asosi uchun
7 ta sosiska
bir nechta salat bargi
80 gramm pishloq
bezak uchun pomidorli ketchup
2 ta pomidor
bezak uchun qovurilgan piyoz halqasi
bezak uchun mayonez
oldingi
Tayyor xamirdan tayyorlangan Milfey
keyingi
Yunoncha musaka

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.