fbpx
Tuxum va ko’katli tez tayyor bo’ladigan pirojkalar

Tuxum va ko’katli tez tayyor bo’ladigan pirojkalar

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • asosi uchun

Yo’nalishlar

Ushbu quyma pirojkalar retsepti o’z sog’lig’iga befarq bo’lmagan, iste’mol qilingan kaloriyalarga e’tibor beradigan insonlar uchun mos keladi.

Bunday pirojkalar mazali nonushta yoki kechki ovqat o’rnini bemalol bosa oladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 7 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
2 ta tuxum
50 gramm guruch uni
20 gramm kepak
100 gramm kefir
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
ta'bga ko'ra tuz
asosi uchun
1 ta qaynatilgan tuxum
15 gramm pishloq
bir necha shivit shoxchalari
Qadam 1
Tugallandi

Idishda guruch uni, kepak, qabartma va bir chimdim tuzni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxumni ozroq ko'pirtirib, kefir solamiz. So'ngra quruq va suyuq mahsulotlarni aralashtiramiz. Xamir oladyalar xamiriga o'xshash konsistensiyada bo'lishi kerak.

Qadam 3
Tugallandi

Asosi uchun tuxumni qaynatib, shivit va tuxumni mayda qilib to'g'raymiz. Pishloqni qirg'ichdan o'tkazib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qizdirilgan vafelnitsa yoki tagi olmaydigan tovaga bir qoshiq xamir solib, ustiga asosini solamiz va ustidan yana bir qoshiq xamir solamiz. Vafelnitsada tahminan 6 daqiqa pishiramiz, tovada esa ikki taraflama o'rtacha olovda 3 daqiqa pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
2 ta tuxum
50 gramm guruch uni
20 gramm kepak
100 gramm kefir
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
ta'bga ko'ra tuz
asosi uchun
1 ta qaynatilgan tuxum
15 gramm pishloq
bir necha shivit shoxchalari

Nutritional information

166 kkal
100 grammm uchun kaloriya
34 gr
Oqsil
26 gr
Yog'lar
51 gr
Uglevodlar
oldingi
Videoretsept: pishirishni talab etmaydigan karamel va tvorogli tort
keyingi
Videoretsept: yong’oq va qaynatilgan quyultirilgan sutli rogaliklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.