Shtreisel va olchali pirojkalar
Masalliqlar:
-
xamiriga
-
550 gramm un
-
10 gramm quruq xamirturush
-
50 gramm shakar
-
300 millilitr iliq sut
-
60 gramm o'simlik yog'i
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
asosiga
-
500 gramm danagidan tozalangan olchamuzlatilgan yoki yangi uzilgan
-
3-4 osh qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq dolchin
-
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
shtreilsel uchun
-
40 gramm un
-
20 gramm sariyog'
-
10 gramm shakar
-
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Turli xil pirojkalarning orasida eng mazalisi oshirma xamirdan tayyorlangan olchali pirojkalar deb o’ylaymiz. Ayniqsa gaz pechida pishirilgani.
Ushbu mayin pirojkalarning retseptini siz bilan bo’lishayotganimizdan mamnunmiz. Mavsumda siz ularni yangi olchalardan pishirishingiz mumkin, qolgan vaqt esa muzlatilganidan tayyorlasangiz ham bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
550 gramm un | |
10 gramm quruq xamirturush | |
50 gramm shakar | |
300 millilitr iliq sut | |
60 gramm o'simlik yog'i | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
asosiga |
|
500 gramm danagidan tozalangan olcha | |
3-4 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq dolchin | |
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
shtreilsel uchun |
|
40 gramm un | |
20 gramm sariyog' | |
10 gramm shakar | |
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i |
Xamir tayyorlaymiz:
Idishga 50 gramm un, xamirturush va shakar solib, aralashtiramiz.
Sut solib, aralashtiramiz va ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga issiq joyga olib qo'yamiz.
Vaqt o'tganidan so'ng, oshgan xamirturushli aralashmaga yog' solib, tuz sepamiz va extiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
Ozroqdan un solib, avval idish ichida xamir qorishni boshlaymiz. So'ngra stolga un sepib, xamirni stolda qorishda davom etamiz. Qo'ldan va stoldan osongina ko'chadigan xamir hosil bo'lishi kerak.
Idishni ozroq yog'lab, xamirni idishga qo'yamiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 40-60 daqiqaga issiq joyga olib qo'yamiz.
Asosini tayyorlaymiz:
Asosi uchun olcha, shakar va kraxmalni aralashtiramiz. Ta'bga ko'ra dolchin ham qo'shamiz.
Agar muzlatilgan olchadan foydalanayotgan bo'lsangiz, unda olcha erishini kutishingiz va ortiqcha suvini ketkazishingiz kerak.
Shtreisel tayyorlaymiz:
Shtreisel uchun unga sovuq sariyog'ni to'g'raymiz va shakar solamiz. Barchasini qo'lda ezib, qumoq shakliga keltiramiz.
Oshgan xamirni ozroq un sepilgan stol ustiga olib, 16-18 ta bir xil bo'lakchalarga bo'lamiz.
Har bir bo'lakni yupqa qilib yoyib, o'rtasiga asosini qo'yib chiqamiz va yonlarini yaxshilab yopib chiqamiz.
Pirojkalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga tugilgan joyini pastga qilib joylashtirib chiqamiz.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
550 gramm un | |
10 gramm quruq xamirturush | |
50 gramm shakar | |
300 millilitr iliq sut | |
60 gramm o'simlik yog'i | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
asosiga |
|
500 gramm danagidan tozalangan olcha | |
3-4 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq dolchin | |
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
shtreilsel uchun |
|
40 gramm un | |
20 gramm sariyog' | |
10 gramm shakar | |
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i |