«Afg’oncha napoleon» torti
Masalliqlar:
-
xamiriga
-
300 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
100 gramm sariyog'
-
5 ta tuxum sarig'i
-
110 gramm smetana
-
bezesiga
-
5 ta tuxum oqi
-
130 gramm shakar
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
100 gramm tozalangan yong'oq
-
kremiga
-
250 gramm sariyog'
-
1 banka qaynatilgan quyultirilgan sut
-
bezak uchun qora shokolad
Yo’nalishlar
Afg’oncha napoleon – bu kievcha tort va napoleonga o’xshash ajoyib tort. Mazali krem va korj – ideal darajadagi desert uchun ajoyib uyg’unlashuv bo’la oladi.
Ushbu tort juda to’yimli bo’lib, agar choy ichishga ko’plab do’stlaringizni chaqirgan bo’lsangiz, havotir olmang desert hammaga yetadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
300 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
100 gramm sariyog' | |
5 ta tuxum sarig'i | |
110 gramm smetana | |
bezesiga |
|
5 ta tuxum oqi | |
130 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
100 gramm tozalangan yong'oq | |
kremiga |
|
250 gramm sariyog' | |
1 banka qaynatilgan quyultirilgan sut | |
bezak uchun qora shokolad |
Unni qabartma bilan elaymiz.
Unga muzdek sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib, qo'lda qumoq shakliga keltirib olamiz.
Unga tuxum sarig'i va smetana qo'shib, yumshoq xamir qoramiz.
Xamirni 4 ta bo'lakka bo'lib, paketga solamiz va 20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Merenga (beze) tayyorlab olamiz. Tuxum oqini yengil ko'pirgunicha ko'pirtiramiz, so'ngra ko'pirtirishdan to'xtamasdan shakar va vanil shakarini solamiz va qattiq pik holatiga kelgunicha ko'pirtiramiz.
Ko'pirtirilgan tuxum oqiga extiyotkorlik bilan yong'oqni qo'shib aralashtiramiz.
Muzlatgichdan olingan xamirni 4 ta bo'lagini ham 20 smdan sal kattaroq diametrda yoyamiz.
Xamirni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga qo'yib, har birining ustiga bir xil miqdorda merenga solamiz.
160 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga yuboramiz.
Tayyor korjlarni diametri 20 sm keladigan qolip yordamida teng doira shaklida kesib olamiz. Chetidan chiqqan ortiqchalarini esa maydalab olamiz. Ular bizga tort bezagi uchun kerak bo'ladi.
Krem tayyorlaymiz. Yumshoq sariyog'ni yaxshilab ko'pirtiramiz va ko'pirtirishda davom etgan holda unga qaynatilgan quyultirilgan sutni qo'shamiz.
Har bir korj ustiga krem suritgan holda tortni yig'amiz. Tort usti tekkis bo'lishi uchun oxirgi korjni bezesini pastga qaratib qo'yamiz.
Tortni hamma tarafiga krem suritamiz. Ustini eritilgan shokolad bilan bezatamiz. Yonlariga maydalangan korj uvog'larini sepamiz.
Tayyor tortni 5-6 soatga, yaxshisi butun tunga muzlatgichga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
xamiriga |
|
300 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
100 gramm sariyog' | |
5 ta tuxum sarig'i | |
110 gramm smetana | |
bezesiga |
|
5 ta tuxum oqi | |
130 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
100 gramm tozalangan yong'oq | |
kremiga |
|
250 gramm sariyog' | |
1 banka qaynatilgan quyultirilgan sut | |
bezak uchun qora shokolad |