fbpx
Videoretsept: smetanali krem suritilgan «Medovik» torti

Videoretsept: smetanali krem suritilgan «Medovik» torti

Masalliqlar:

  • korjiga

  • kremiga

Yo’nalishlar

«Medovik» torti – uyda tayyorlanadigan eng mashhur tortlardan biri. Smetanali krem suritilgan ushbu mayin tortni har kim ham tayyorlab ko’rishi kerak.

Aynan mana shu retsept bo’yicha tayyorlangan «Medovik» torti mayin va ajoyib bo’lib pishadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
korjiga
100 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
400 gramm un
200 gramm shakar
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
3 osh qoshiq quyuq asal
2 ta tuxum
kremiga
200 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
350 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
400 gramm smetana
Qadam 1
Tugallandi

Korjini tayyorlab olamiz

Tuxum va shakarning yarmini mikser yordamida quyuq ko'pik hosil bo'lguniga qadar yaxshilab ko'pirtirib olamiz. So'ngra chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qozonchaga esa qolgan shakarning yarmi va yog'ni solamiz. Gazga qo'yib, shakar to'liq eriguniga qadar aralashtirib turamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shakar eriganidan so'ng asalni solamiz va ko'pirguniga qadar aralashtirib turamiz. Ustidan iste'mol sodasini ham solamiz. Massaning hajmi oshib ketganidan so'ng, darhol gazdan olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

5-7 daqiqadan keyin, ya'ni aralashma biroz sovigach, tuxumli aralashmani ingichka qilib quyib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qozonchani yana gazga qo'yamiz. Aralashtirib, 250 gramm un solib, aralashtiramiz va gazdan olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

5 daqiqa soviganidan so'ng qolgan unni ham solamiz va aralashtirib olamiz. Xamirimiz yumshoq va qo'lga yopishuvchan bo'lishi odatiy hol, shu sababdan boshqa un qo'shmang.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni teng 10 ta bo'lakka bo'lamiz. Iloji bo'lsa bunda oshxona tarozisidan foydalanganingiz ma'qul.

Qadam 8
Tugallandi

Ikkita pergament qog'oz o'rtasiga xamir bo'laklarini bittadan qo'yib, 20-21 sm aylanada yoyib chiqamiz. Sanchqida bir nechta joyini teshib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Har bir korjni 180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 6 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan korjlarni issiqligida aylanasi 18 sm li qolip bilan kesib chiqamiz. Chetidan chiqqan ortiqchalarini esa maydalab olamiz va chetga olib qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Kremini tayyorlab olamiz

Xona haroratidagi yog'ni mikser yordamida yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Quyultirilgan sutni solib, 2 daqiqa davomida ko'pirtiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

So'ngra smetanani solib, yana 1-2 daqiqa davomida ko'pirtirib olamiz. Kremimiz ham tayyor.

Qadam 13
Tugallandi

Korjlarga krem surtib chiqamiz va ustma-ust yig'ib chiqamiz. Usti va chetlariga maydalangan korjdan sepib chiqamiz.

Qadam 14
Tugallandi

So'ng esa 8-10 soatga muzlatgichga olib qo'yamiz.

Ustini xohishga qarab bezatishingiz mumkin.

Bizlar tortning ustiga trafaret qo'yib, ustidan shakar upasi sepdik.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 40 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
korjiga
100 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
400 gramm un
200 gramm shakar
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
3 osh qoshiq quyuq asal
2 ta tuxum
kremiga
200 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
350 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
400 gramm smetana
oldingi
Videoretsept: qulupnayli moxito
keyingi
Videoretsept: Pechenyedan tayyorlangan mevali desert

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.