Iliq pomidorlar va yogurtli aralashmali salat

Iliq pomidorlar va yogurtli aralashmali salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

3 xilgina masalliqlardan tayyorlaniladigan juda mazali salat retseptini sizlarga taqdim etamiz! Kunlar isishi bilan narsa pishirishga ko’p vaqt sarflashni xohlamay qolamiz. Bu salatni tayyorlashda 15 daqiqa bo’sh vaqt kerak, xolos!

Tayyorlaniladigan taomga taxminan  30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm pomidor cherry
50 gramm salatli miks
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
100 millilitr kefir yoki shakarsiz yogurt
ta'bga qarab tuz va murch
50 millilitr zaytun moyi
Qadam 1
Tugllandi

Yogurli aralashma uchun kefirga zaytun yog'ining yarmini quyamiz, tuz va murch sepib aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tovaga qolgan zaytun yog'ini solib, ikkiga bo'lingan pomidorlarni 5 daqiqa qovurib olamiz. Ustidan sarimsoq piyoz tishchalarini butunligicha solb, 30 daqiqa qovuramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qovurilgan pomidorlarni likopchaga solamiz, bir chetidansalat barglarini solamiz, ustian yogurtli aralashma quyib, zaytun yog'idan sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm pomidor cherry
50 gramm salatli miks
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
100 millilitr kefir yoki shakarsiz yogurt
ta'bga qarab tuz va murch
50 millilitr zaytun moyi
oldingi
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq va brokkolili taom
keyingi
Videoretsept: «Pepperoni» pitsasi

Fikringiz