fbpx
Videoretsept: tvorogli kulich

Videoretsept: tvorogli kulich

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamirturushli aralashmasiga:

  • Xamiriga:

  • Glazuriga:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarning e’tiboringizga eng mazali va xuddi paxtadek juda yumshoq bo’lib pishadigan tvorogli kulichlar retseptini taqdim etamiz.

Agarda bunday pishiriqdan shunchaki tayyorlab ko’rishni istasangiz, unda marhamat, batafsil retseptimiz bilan hoziroq tanishib oling!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamirturushli aralashmasiga:
50 millilitr sut
1 osh qoshiq un
1 choy qoshiq shakar
8 gramm quruq xamirturush
Xamiriga:
250 gramm tvorog
350 gramm un
50 gramm sariyog'
100-120 gramm shakar
2 ta tuxum
1 ta tuxum sarig'i
2/3 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq vanil shakari
150 gramm shakarlangan meva(sukatalar) yoki yong'oq va mayiz
2/3 choy qoshiq zarchava
1/2 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
Glazuriga:
1 ta tuxum oqi
120 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq limon sharbati
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Xamirturushli aralashmani tayyorlab olamiz - iliq sutga xamirturush va bir choy qoshiq shakarni solib aralashtiramiz.

Ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga tuxumni chaqib solamiz, bitta tuxum sarig'i va shakarni solib, oqarguniga qadar mikserda yaxshilab, 3-4 daqiqa ko'pirtirib olamiz.

Tuxum oqini sovutgichga olib qo'yamiz, glazuriga kerak bo'ladi.

Qadam 3
Tugallandi

Tvorog ustidan eritilgan sariyog', tuz, vanil shakarini solib, yaxshilab ezib olamiz. Ustidan ko'pirtirilgan tuxumni solib, aralashtirib olamiz.

Xamirturushli aralashma(opara)ni quyamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Un ustidan zarchava va muskat yong'og'ini solamiz. Hammasini suyuq aralashma ustidan quyamiz.

Mikserning xamirga mo'ljallangan spiralsimon uchligi bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Unga botirilgan shakarlangan mevalarni solib, mikserda 1 daqiqacha aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir ustini oziq-ovqat pelyonkasi va sochiq bilan yopamiz, 60-80 daqiqa iliqroq joyga olib qo'yamiz.

Kulichlar uchun xamir sovuq va yelvizakli joylardan qo'rqishi sabab ham, xamirni shamol bo'lmagan bir xil haroratli xonada saqlash lozim.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni bo'lakchalarga bo'lamiz, aylana shaklga keltirib qolipchalarning teng yarmigacha solamiz.

Bizlar aylanasi 11 sm kattalikdagi uchta qolipchalarda pishirib oldik.

Qadam 8
Tugallandi

Qolipdagi xamirlar yana biroz oshishi uchun ularni iliqroq joyga, ustini sochiq bilan yopib, yana 60-80 daqiqaga qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

170 C darajada qizdirilgan gaz pechida kulichlarni 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishgan-pishmaganligini gugurt cho'p yordamida tekshirib olamiz.

Agar kulichlarning usti vaqtidan oldinroq qizarsa, unda ularni ustini zar qog'oz(folga) yordamida yopib qo'ying.

Qadam 10
Tugallandi

Glazuriga:

Tuxum oqini ko'pirtiramiz, oz-ozdan shakar upasi va limon sharbatini solamiz.

Ozroq vanil ekstraktini ham solish mumkin.

Qadam 11
Tugallandi

Kulichlarni ustini shakarli qiyom va har xil bezaklar bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamirturushli aralashmasiga:
50 millilitr sut
1 osh qoshiq un
1 choy qoshiq shakar
8 gramm quruq xamirturush
Xamiriga:
250 gramm tvorog
350 gramm un
50 gramm sariyog'
100-120 gramm shakar
2 ta tuxum
1 ta tuxum sarig'i
2/3 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq vanil shakari
150 gramm shakarlangan meva(sukatalar) yoki yong'oq va mayiz
2/3 choy qoshiq zarchava
1/2 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
Glazuriga:
1 ta tuxum oqi
120 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq limon sharbati
bir chimdim tuz
oldingi
Videoretsept: Quyultirilgan sut bilan pishirilgan ponchiklar
keyingi
Feta pishlog’i bilan tayyorlangan ratatuy

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.