fbpx
Videoretsept: Olchali asosli o’rama pirog

Videoretsept: Olchali asosli o’rama pirog

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Kunlar ilishi bilan organizmga yengilroq va mayinroq ta’mdagi yeguliklar ko’proq xush yoqadi. Ana shunday pishiriqlardan biri bu albatta olchali pirogdir.

Shirin-nordon ta’mli asos va shakarsiz xamirning uyg’unligidan hosil bo’lgan ta’m sizni ham befarq qoldirmaydi!

Pishirilgan pirogga sarflaniladigan pul taxminan — 15 000 so’m.*

*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm margarin yoki sariyog'
400 gramm un
100 millilitr kefir
1/2 choy qoshiq iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
Asosiga:
400 gramm danagidan tozalangan muzlatilgan olcha
50-100 gramm shakar
1-2 choy qoshiq kraxmal
sepish uchun shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Un bilan tuzni aralashtirib olamiz. Ustidan sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz. Qo'lda yaxshilab ishqalab maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Smetanani qabartma bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng unli aralashma ustidan quyamiz va aralashtirib, xamir qorib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Asosini tayyorlab olamiz: olcha, kraxmal va shakar solib aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Birinchi yarmini 13*40 sm kattalikda to'rtburchak shaklda yoyib olamiz, qalinligi 3 mm bo'lsin. Xamirni uzunasiga ko'ndalangiga yana teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Uzun qilib olchalarni terib chiqamiz va xamirni ikkiga buklab, chetlarini yaxshilab yopishtirib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ikkinchi xamir bilan ham shunda ish tutamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Aylanasi 22 sm li qolipga pergament qog'oz to'shaymiz va chetlariga sariyog' surtib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirlarni qolipga spiralsimon ko'rinishda taxlab chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm margarin yoki sariyog'
400 gramm un
100 millilitr kefir
1/2 choy qoshiq iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
Asosiga:
400 gramm danagidan tozalangan muzlatilgan olcha
50-100 gramm shakar
1-2 choy qoshiq kraxmal
sepish uchun shakar upasi
oldingi
Ko’katli sirniklar
keyingi
Videoretsept: Go’shtli non

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.