Videoretsept: Tayyor xamirdan qilingan go’shtli somsa
Masalliqlar:
-
1 kilo tayyor sariyog'da qorilgan xamirturushsiz qatlama xamiri
-
400 gramm mol go'shtidan qiyma
-
400 gramm piyoz
-
1 choy qoshiq zira
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ustiga surtish uchun sut + tuxum sarig'i
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Mazali go’shtli somsalarni uy sharoitida tayyorlash unchalik qiyin kechmaydi, agarda siz asos sifatida tayyor xamirdan foydalansangiz.
Tayyor qatlama xamir — hozirgi zamon ayollari uchun bebaho yarim tayyor mahsulot ekanligi hech kimga sir emas. Bir nechta bunday xamir o’ramlarini muzxonada saqlash hech qachon zarar qilmaydi, aksincha kutilmagan mehmon kelib qolganda beminnat yordamchingizga aylanadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo tayyor sariyog'da qorilgan xamirturushsiz qatlama xamiri | |
400 gramm mol go'shtidan qiyma | |
400 gramm piyoz | |
1 choy qoshiq zira | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ustiga surtish uchun sut + tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz.
Xamir yumshagunga qadar asosini tayyorlab olamiz.
Piyozlarni archib, mayda to'g'rab olamiz.
Qiyma ustidan solib, zirani ham ezib sepamiz.
Qiymaga tuz va murch sepamiz va yaxshilab aralashtirib olamiz.
Yumshagan xamirni 16 ta bo'lakka bo'lamiz.
Har birini aylanasi 8 sm li kattalikda yoyib chiqamiz.
1-2 osh qoshiqdan aralashmadan solamiz.
Somsalarni pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib, ustidan tuxum va sut aralashmasini surtib chiqamiz.
Masalliqlar:
1 kilo tayyor sariyog'da qorilgan xamirturushsiz qatlama xamiri | |
400 gramm mol go'shtidan qiyma | |
400 gramm piyoz | |
1 choy qoshiq zira | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ustiga surtish uchun sut + tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut |