fbpx
Fransuzcha «Vishisuaz» sho’rvasi

Fransuzcha «Vishisuaz» sho’rvasi

Masalliqlar:

  • Grenkasiga:

Yo’nalishlar

Porey piyozi va kartoshkadan tayyorlangan bunday sho’rva sizga yangicha, fransuzcha ta’mlarni ochib bersa ajab emas! Bunday taomni issiqligida ham, sovigandan so’ng ham iste’mol qilish mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

230 gramm piyoz
180 gramm porey piyozi
20 gramm sariyog' qovurish uchun
750 gramm kartoshka
500 millilitr 2% li sut
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
1 dona lavr yaprog'i
1 litr bulyon
ta'bga qarab tuz va murch
Grenkasiga:
8 bo'lak oq non baget
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
Qadam 1
Tugallandi

Piyozlarni mayda to'g'rab olamiz. Porey piyozining oq qismini esa parrak qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qozonga sariyog'ni solib eritamiz. So'ng ikki xil piyozlarni solib, 5 daqiqa qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kartoshkalarni archib, katta-katta to'g'rab olamiz. So'ng piyoz ustidan solib, 3-4 daqiqa birga qovuramiz. Qovurish jarayonida aralashtirib turamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qozonga bulyonni quyib, lavr yaprog'ini ham solamiz. Qaynash boshlangandan so'ng 25 daqiqa davomida yoki kartoshka yumshab pishgunicha qaynatamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sho'rva pishguncha grenkilarni tayyorlab olamiz. Buning uchun 170 C darajada qizigan pechda non bo'laklarini 10 daqiqa davomida qizartirib olamiz. So'ng pechdan olib, sarimsoqpiyoz tishchasi bilan non bo'laklarini ishqalab, surtib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Kartoshka pishgandan so'ng, lavr bargini olib tashlaymiz va sutni quyamiz. Tuz, murch va muskat yong'og'ni sepamiz. Bir qaynatib, gazni o'chiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Blender yordamida sho'rvani ezib, silliq holatga keltiramiz. To'g'ralgan ko'katlar va grenkilar bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

230 gramm piyoz
180 gramm porey piyozi
20 gramm sariyog' qovurish uchun
750 gramm kartoshka
500 millilitr 2% li sut
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
1 dona lavr yaprog'i
1 litr bulyon
ta'bga qarab tuz va murch
Grenkasiga:
8 bo'lak oq non baget
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
oldingi
Fransuzcha piyozli sho’rva
keyingi
Videoretsept: Tayyor xamirdan qilingan go’shtli somsa

Fikringiz