fbpx
Vupi pay – amerikancha kremli biskvitlar

Vupi pay – amerikancha kremli biskvitlar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

Vupi pay — nafis va noodatiy ta’mdagi mazali shokoladli shirinlik bo’lib, bir tishlagandayoq, og’izda erib ketadi.

Bunday shirinlikni tayyorlash oson, natijasi esa quvontirishi aniq.

Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 23 000 so’m sarf qilinadi.* (Agar oddiy vanilindan ishlatilsa).

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
200 gramm shakar
1 osh qoshiq suyuq asal
115 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta tuxum
1 choy qoshiq vanilin
250 gramm un
50 gramm kakao
1 choy qoshiq to'la iste'mol sodasi
200 millilitr kefir
Kremiga:
3 ta tuxum oqi
150 gramm shakar
230 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta vanilin qo'zog'i (struchkasi) yoki 1 choy qoshiq vanilindan ham solish mumkin
1/2 choy qoshiq tuz
Qadam 1
Tugallandi

Pechning konveksiya rejimini yoqib, 180 C darajaga qizdiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishga shakar va asalni solib, sanchiqda aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan yumshagan sariyog'ni solib, mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz. So'ng tuxum va vanilinni solib, yana ozroq ko'pirtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Alohida idishga un, kakao, tuz va iste'mol sodasini solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Quruq massa bilan kefirni navbati bilan oz-ozdan sariyog'li aralashmaga solib, ko'pirtirishda davom etamiz. Shunda silliq massa hosil bo'ladi.Patniga pergament qog'oz to'shab, muzqaymoq

Qadam 6
Tugallandi

Quruq massa bilan kefirni navbati bilan oz-ozdan sariyog'li aralashmaga solib, ko'pirtirishda davom etamiz. Shunda silliq massa hosil bo'ladi.

Qadam 7
Tugallandi

Patnisga pergament qog'oz to'shab, muzqaymoq qoshig'i yordamida olib, terib chiqamiz. Orasiga kengroq joy qoldiramiz, chunki pishish jarayonida biskvitlar ikki hissaga kattalashadi. (Bizlar 5 donadan terib pishirdik).

Qadam 8
Tugallandi

Kremiga

Tuxum oqi va shakarni idishga solib, suv bug'iga qo'yamiz va venchikda shakar to'liq eriguncha aralashtirib olamiz.

Massa qaynoq holatga kirishi, lekin qaynamasligi lozim. Gazdan olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Mikser yordamida aralashmani yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Deyarli qattiq ko'pik hosil bo'lgandan so'ng esa oz-ozdan sariyog'ni solamiz va yana ko'pirtirib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Vanil qalamchasidan maydalab, tuz bilan birga kemga solamiz.

Yoki oddiya vanilindan 1 choy qoshiq solish mumkin.

Qadam 11
Tugallandi

Ikkita bir xil hajmli biskvitchalardan olib, orasiga 2 osh qoshiqdan krem surtamiz va ikkalasini bir-biriga yopishtiramiz.

Tayyor! Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
200 gramm shakar
1 osh qoshiq suyuq asal
115 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta tuxum
1 choy qoshiq vanilin
250 gramm un
50 gramm kakao
1 choy qoshiq to'la iste'mol sodasi
200 millilitr kefir
Kremiga:
3 ta tuxum oqi
150 gramm shakar
230 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta vanilin qo'zog'i (struchkasi) yoki 1 choy qoshiq vanilindan ham solish mumkin
1/2 choy qoshiq tuz
oldingi
«Rafaello» konfetlari
keyingi
Videoretsept: «Qizil baxmal» yoriqli pechenyelari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.