fbpx
Videoretsept: sutli nachinkali bulochklar

Videoretsept: sutli nachinkali bulochklar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Krem uchun

  • Surtish uchun

Yo’nalishlar

Kremli mayon bulochkalar – uyda tayyorlangan yumshoq pishiriqlar sevuvchilar uchun ajoyib tanlov. Yumshoq, havodor xamir va mayin qaynatilgan krem – ajoyib uyg’unlik!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Idishda un bilan xamirturushni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishda sut, shakar, tuz, tuxum va quruq qaymoqni yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Aralashmani unga qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yumshatilgan sariyog’ qo’shib, yumshoq, biroz qo’lga yopishadigan xamir qoramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni ili joyda 1 soatga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Idishda sut bilan kraxmalni birlashtiramiz. Kraxmal butunlay eriguncha aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tuxum sarig’i, shakar va vanilin qo’shamiz. Past olovda, tinmay aralashtirib turib, krem quyilguncha isitamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Kremni olovdan lib, plyonka bilan berkitamiz. Plyonka kremga tegib turishi kerak.

Qadam 9
Tugallandi

Sovugan kremga sariyog’ qo’shib, mikser bilan ko’pirtiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirni ezib, 15 qismga bo’lamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Har birini oval shaklida yoyamiz. Tepa qismidan biroz qoldirib, bir osh qoshiq nachinka solamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Kremni xamir bilan berkitib, chetlarini chimchilab qo’yamiz. Xamirning qolgan qismini lentalarga kesib, bulochkalarni o’raymiz.

Qadam 13
Tugallandi

Bulochkalarni pergament qog’ozi solingan patnisga solib 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 14
Tugallandi

Oshgan bulochkalarni ustiga tuxum sarig’i va suv aralashmasini surtib, 180C gacha qizdirilgan pechga 15-20 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Tayyor bulochkalarni biroz sovutib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!


Reklama huquqi asosida..

  • 2 soat
  • Portsiya 15
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Videoretsept: «Barbi» tarzidagi pasta
keyingi
Videoretsept: yogurtdan sufle

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.