fbpx
Videoretsept: Olmalar bilan gaz pechida pishirilgan tovuq

Videoretsept: Olmalar bilan gaz pechida pishirilgan tovuq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Gaz pechida olma va limon bo’laklari bilan pishirilgan tovuq juda mayin va sersuv, usti esa qizarib pishadi. Tovuqga solingan olma esa unga takrorlanmas ifor bag’shlaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 ta butun tovuq
1 choy qoshiq qalampirli aralashma yoki paprika va murch
1 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
2-3 choy qoshiq tuz
30 millilitr zaytun moyi
1 dona limon
3 dona olma
Qadam 1
Tugallandi

Oregano va qalampirli aralashmani hovonchada tuyib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Barcha ziravorlarni zaytun yog'iga solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuqni yuvib, yog'li aralashmadan yaxshilab surtib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng marinadlangan tovuqni 1 soatga sovuq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovuqni olib, toblatma idishiga qo'yamiz, ichiga 2 bo'lak limon va qancha sig'gunicha olma bo'laklaridan solamiz.

Tovuq po'stini tishkovlagich bilan yopib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolgan olma va limon bo'laklarini esa qoliga terib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qolip ustini folga bilan yop[ib, 190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 60 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Agar siz pishirayotgan tovuq og'irligi 1200 gr dan ortiqroq bo'lsa, unda 15-20 daqiqa uzoqroq pishiring.

Qadam 8
Tugallandi

So'ng folgani olib tashlab, o'zidan ajralgan sharbatini ustidan quyamiz va folgasiz yana 15 daqiqa davomida qizartirib pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 ta butun tovuq
1 choy qoshiq qalampirli aralashma yoki paprika va murch
1 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
2-3 choy qoshiq tuz
30 millilitr zaytun moyi
1 dona limon
3 dona olma
oldingi
Ananas va guruch bilan pishirilgan tovuqli taom
keyingi
Pishloq va ko’katli quymoqlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.