Ananas va guruch bilan pishirilgan tovuqli taom
Masalliqlar:
-
250 gramm "basmati" nomli guruchyoki lazer guruchi
-
500 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
6 ta konservalangan ananas halqachalari
-
150 gramm piyoz
-
1 dona qizil bulg'or qalampiri
-
2 osh qoshiq soya qaylasi
-
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
0.5 choy qoshiq quruq maydalangan zanjabilimbir'
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Tez tayyorlaniladigan va lazzatli kechki taom retseptini qarshi olishga tayyormisiz? Sharqona usulda tayyorlaniladigan, tovuq va ananas aralashmasidan iborat bo’lgan ajoyib yegulik bilan sizlarni tanishtiramiz.
Bu siz deyarli ter to’kmaydigan, natijasi esa juda quvontiradigan tezpishar taomdir.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 gramm "basmati" nomli guruch | |
500 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
6 ta konservalangan ananas halqachalari | |
150 gramm piyoz | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
2 osh qoshiq soya qaylasi | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
0.5 choy qoshiq quruq maydalangan zanjabil | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
4 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Garnir uchun guruchni qaynatib olamiz.
Piyozni mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz va chuqurroq tova yoki Wok tovasida qovurib olamiz.
So'ng to'rtburchak qilib to'g'ralgan bulg'or qalampirini ham solib, 2-3 daqiqa davomida qovurib olamiz.
So'ng kattaroq to'g'ralgan tovuq go'shtini solib, pishgunicha taxminan 7-10 daqiqa davomida qovuramiz. E'tiborli bo'ling, piyoz kuyib ketmasin.
Tovaga to'rtburchak qilib to'g'ralgan ananas va 30-50 ml ananas qiyomidan solamiz. Tuz, murch, sarimsoqpiyoz kukuni sepamiz, soya qaylasini quyib, aralashtirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm "basmati" nomli guruch | |
500 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
6 ta konservalangan ananas halqachalari | |
150 gramm piyoz | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
2 osh qoshiq soya qaylasi | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
0.5 choy qoshiq quruq maydalangan zanjabil | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
4 osh qoshiq o'simlik yog'i |