Mak solib pishirilgan oshirma pirog
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
225 gramm un
-
50 millilitr kefir
-
75 gramm tvorog
-
1 osh qoshiq shakar
-
1/4 choy qoshiq tuz
-
4 gramm quruq xamirturush
-
35 gramm eritilgan sariyog'
-
1 dona tuxum
-
Asosiga:
-
25 gramm mak
-
25 gramm sariyog'
-
3 osh qoshiq shakar
-
Qiyomiga:
-
2 choy qoshiq shakar
-
2 choy qoshiq suv
Yo’nalishlar
Tvorog va mak solib pishiriladigan bunday ajoyib ko’rinishga ega pirogni hatto bayram dasturxoniga ham tayyorlash mumkin.
Uyda tayyorlangan pishiriqdan taralgan ifor esa butun oila a’zolaringizni bir dasturxon atrofida to’planishga majbur qilishi aniq. Juda shirin bo’lmagan, yumshoq va chiroyli ko’rinishdagi pirogimiz tvorogni xush ko’rmaydiganlarga ham yoqishi aniq. Asosiysi retseptdagi ko’rsatmalarimizga to’liq amal qilsangiz bo’lgani.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 9 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
225 gramm un | |
50 millilitr kefir | |
75 gramm tvorog | |
1 osh qoshiq shakar | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
4 gramm quruq xamirturush | |
35 gramm eritilgan sariyog' | |
1 dona tuxum | |
Asosiga: |
|
25 gramm mak | |
25 gramm sariyog' | |
3 osh qoshiq shakar | |
Qiyomiga: |
|
2 choy qoshiq shakar | |
2 choy qoshiq suv |
Chuqurroq idishga un va xamirturushni solib, aralashtirib olamiz.
Boshqa idishga esa iliq kefir, shakar, tuz, tvorog va tuxumni solamiz va blenderda silliq bo'lguniga qadar ezib maydalaymiz.
Suyuq aralashmani unli massaga solamiz, ustidan eritilgan sariyog'ni quyib, xamir qorib olamiz.
Xamirni ustini sochiq bilan yopib, 1 soat iliq joyga olib qo'yamiz.
So'ng oshgan xamirni yana bir bor mushtlaymiz va yana yarim soatga tindirib qo'yamiz.\
Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Oshgan xamirni 4 ta bo'laka bo'lamiz.
Birinchi bo'lagini aylanasi 25 sm li aylana shaklda yoyib olamiz.
Pergament qog'oz to'shalgan gaz pechi patnisiga olib qo'yamiz, eritilgan sariyog'dan surtib, mak va shakar sepamiz.
Ikkinchi xamir bo'lagini ham xuddi shunday yoyib, birinchisini ustiga qo'yib yopib olamiz. Eritilgan sariyog'dan surtib, shakar va makdan sepamiz. Uchinchi xamir bilan ham ham xuddi shunday usulda ish tutamiz. To'rtinchi xamirni yoyib, ustiga qo'yamiz va chetlarini birlashtirib olamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pirog pishgunga qadar esa qiyomni tayyorlab olamiz, Kichiqroq idishga shakar va suvni solib, sal quyuqlashguniga qadar, taxminan 2-3 daqiqa qaynatib olamiz. So'ng pishgan pirogga surtib chiqamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
2 Sharhlar Hide Comments
Устига тухум суртгансизми
Assalomu aleykum! Yo’q, bizlar surtmaganmiz, lekin xohishga qarab, tuxum sarig’idan surtishingiz mumkin.