Beygl – isroilcha pishiriq
Masalliqlar:
-
300 millilitr sut
-
650 gramm un
-
10 gramm quruq xamirturush
-
50 gramm + 2 osh qoshiq shakar
-
2 ta tuxum
-
1 choy qoshiq tuz
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ustiga surtish uchun tuxum oqi
Yo’nalishlar
Beygllar bu isroilcha bulochkasimon pishiriq bo’lib, nonushtalarini xilma-xil qilishni xohlovchilarga juda qo’l keladi.
Bunday pishiriqlarning tishlaganda qarsillashi katta-yu kichikka birdek yoqadi.
Masalliqlar:
300 millilitr sut | |
650 gramm un | |
10 gramm quruq xamirturush | |
50 gramm + 2 osh qoshiq shakar | |
2 ta tuxum | |
1 choy qoshiq tuz | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ustiga surtish uchun tuxum oqi |
Iliq sutga xamirturush va 1 choy qoshiq shakar solamiz, aralashtirib, 5-10 daqiqaga qoldiramiz.
Sutga tuxum va qolgan shakarni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Unni elab tog'orachaga solamiz, tuz sepamiz, ustidan sutli aralashmani solib aralashtiramiz. Yumshoqz, qo'lga biroz yopishadigan xamir qoramiz.
Ustini yopib, 40-50 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Oshgan xamirni teng 12 qismga bo'lamiz, hammasini aylana shaklga kiritib, o'rtasini teshamiz.
Bunliklarni ustini yopib, 15 daqiqa tindirib qo'yamiz.
Bu vaqtda qozonga 2 litr sovuq suv solib qaynatamiz va 2 osh qoshiq shakar solamiz.
Qaynayotgan suvga 3-4 tadan beygllarni solamiz, past olovda 30 soniyadan qaynatamiz. So'ng ulrni sochiqqa terib quritamiz.
Qurigan bubliklarni pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib, tuxum oqini surtamiz, sedanadan sepib, 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 millilitr sut | |
650 gramm un | |
10 gramm quruq xamirturush | |
50 gramm + 2 osh qoshiq shakar | |
2 ta tuxum | |
1 choy qoshiq tuz | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ustiga surtish uchun tuxum oqi |