fbpx
Limonli pirog

Limonli pirog

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Bugun e’tiboringizga limon qo’shib pishiriladigan ajoyib piroglardan birini taqdim etamiz.

Limonning nordongina ta’mi bilan juda ham mazali chiqadigan bu pishiriq barchaga yoqadi degan umiddamiz.

Pishiriladigan yegulikka taxminan – 5 000 so’m sarflaniladi.*

*yegulik narxi retsept chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm margarin yoki sariyog'
400 gramm un
150 millilitr sut
1 dona tuxum
1 choy qoshiq quruq xamirturush
bir chimdim tuz tuz
1 choy qoshiq vanil
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Asosiga:
2 ta limon
300 gramm shakar
1 osh qoshiq bug'doy yormasi
Qadam 1
Tugallandi

Sutni ilitib, shakar va xamirturushni solamiz, aralashtiramiz va 20 daqiqaga chetga olib qo'yamiz (ustida ko'pik hosil bo'ladi).

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga unni solamiz, ustidan muzdek sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz. Tuz va vanilni solib qo'lda ishqalab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan tuxum, sutli aralashmani solib, xamir qoramiz.

Xamirni ustini sochiq bilan yopib, 30-40 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Asosiga

Limonlarni yuvamiz, parrak qilib to'g'rab, danaklarini ajratamiz va o'zini g'shtqiymalagich yoki kombayn yordamida maydalab olamiz.

Ezilgan limonlar ustidan shakar va bug'doy yormasi(mannaya krupa)ni solib, aralashtiramiz, Limonning barcha sharbati chiqib ketmasligi uchun ham, uni pishirishdan oldin tayyorlab olamiz.

Aytgancha, ba'zi bir limonlarning po'stlog'i achchiq bo'lib, ular pirogning ta'mini buzib qo'yishi mumkin. Buning uchun limonning sariq po'stini qirg'ichdan chiqarib olamiz, oq rangli po'stini pichoqda archib tashlaymiz (aynan shu qismi pirogni taxir qilishi mumkin).

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni teng ikki qismga bo'lamiz.

Bittasini olib, yana teng ikkiga bo'lamiz. Shunday qilib bizda 3 ta xamir bo'laklari hosil bo'ladi — bitta katta, ikkta kichkina.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirning katta bo'lagini yoyib, qolipga qo'yamiz, chetlari sal osilib tursin.

Ustidan limonli aralashmani yarmini solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirning kichkina bo'lagini ham yoyib, pirogni ustidagi limonli aralashma ustidan yopamiz, Qolgan limonli aralashmani hammasini solamiz va qoshiqda bir xil tekislab chiqamiz. Ikkinchi kichkina xamirni yoyamiz va pirogni ustini yopamiz. Chetlarini birlashtirib, buklab chiqamiz. Pirogni ustini sanchiq bilan bir nechta joyini teshib chiqamiz. Yoki xohishga qarab bunday qilishingiz ham mumkin: Xamirni oxirgisini yoyib, pichoq bilan bir nechta joyini kesib chiqasiz. So'ng olib, ustini yopamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ustiga tuxum sarig'ini surtib chiqamiz.

180 C haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm margarin yoki sariyog'
400 gramm un
150 millilitr sut
1 dona tuxum
1 choy qoshiq quruq xamirturush
bir chimdim tuz tuz
1 choy qoshiq vanil
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Asosiga:
2 ta limon
300 gramm shakar
1 osh qoshiq bug'doy yormasi
oldingi
Videoretsept: Pitsa
keyingi
Tunets balig’i va sabzavotlardan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.