Yeryong’oqli havodor pechenye
Masalliqlar:
-
asosi uchun
-
3 ta tuxum oqi
-
75 gramm shakar
-
75 gramm shakar upasi
-
50 gramm yeryong'oq
-
kremi uchun
-
80 gramm yumshatilgan sariyog'
-
80 gramm quyultirilgan sut
-
0,5 choy qoshiq vanil shakari
Yo’nalishlar
Merenga – bu yengil, havodor va juda mazali yegulik bo’lib, bugun biz bunday og’izda eriydigan pechenyeni qanday tayyorlashni ko’rsatamiz.
Ushbu pechenye merenga va yeryong’oq bo’laklaridan tayyorlanadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 12 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
asosi uchun |
|
3 ta tuxum oqi | |
75 gramm shakar | |
75 gramm shakar upasi | |
50 gramm yeryong'oq | |
kremi uchun |
|
80 gramm yumshatilgan sariyog' | |
80 gramm quyultirilgan sut | |
0,5 choy qoshiq vanil shakari |
Asosini tayyorlab olamiz:
Shakarni shakar upasi bilan aralashtiramiz.
Idishda tuxum oqini ko'pirtirib, ko'pirtirishda davom etgan holda shakar va shakar upasili aralashmani solamiz va qattiq pik holatiga kelgunicha ko'pirtiramiz.
Pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga konditer qog'ozi va nasadka yordamida merengalarni qo'yib chiqamiz.
100 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 1,5 soatga yuboramiz. Merengani gaz pechida sovutamiz.
Maslahat: tayyor merenga quruq bo'lishi lozim.
Merengani katta uvoq shaklida maydalaymiz.
Yeryong'oqni tozalab, tahminan grechka kattaligida maydalaymiz.
So'ngra maydalangan yeryong'oqni merenga uvog'iga qo'shib, aralashtiramiz.
Krem tayyorlaymiz:
Xona haroratida yumshatilgan sariyog'ni quyultirilgan sut va vanil shakari bilan tahminan 2-3 daqiqa ko'pirtiramiz.
So'ngra kremni merengaga solib, aralashtiramiz.
Maslahat: kremni oz-ozdan solib, aralashtirib ko'ramiz va yopishqoqligiga qaraymiz, kamroq krem ketishi ham mumkin.
Hosil bo'lgan massadan dumaloqlar yasaymiz. Bitta dumaloqchaga tahminan 1,5 choy qoshiq massa ketadi.
Dumaloqchalarni yopishqoq plyonka bilan o'ralgan yassi do'skaga joylashtirib, 1 soatga muzlatgichga yuboramiz.
Masalliqlar:
asosi uchun |
|
3 ta tuxum oqi | |
75 gramm shakar | |
75 gramm shakar upasi | |
50 gramm yeryong'oq | |
kremi uchun |
|
80 gramm yumshatilgan sariyog' | |
80 gramm quyultirilgan sut | |
0,5 choy qoshiq vanil shakari |