Yeryong’oq solingan halqachali pechenyelar
Masalliqlar:
-
220 gramm margarin yoki sariyog'
-
190 gramm shakar upasi
-
1 choy qoshiq vanilin
-
1 choy qoshiq qabartma
-
3 ta tuxum
-
440 gramm un
-
150 gramm tozalangan yeryong'oq
Yo’nalishlar
Oddiy va tez tayyorlaniladigan yeryong’oqli pechenyelardan tayyorlab ko’ring. Bu pechenyelar issiqligida ham, soviganidan so’ng ham bir xil mazali bo’lib, ularni shisha bankalarga solib, bir haftagacha yaxshi saqlashingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 500 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
220 gramm margarin yoki sariyog' | |
190 gramm shakar upasi | |
1 choy qoshiq vanilin | |
1 choy qoshiq qabartma | |
3 ta tuxum | |
440 gramm un | |
150 gramm tozalangan yeryong'oq |
Xona haroratida yumshagan sariyog'ni shakar upasi va vanilin bilan birga yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Ikkita tuxumni bittadan chaqib solamiz va yana ko'pirtiramiz.
Un bilan qabartmani elab solamiz va avval qoshiqda, so'ng qo'lda xamirni qorib olamiz. Xamir yumshoq, lekin qo'lga yopishmaydigan holatga kiradi.
Xamirni teng ikkiga boʻlib, yelim xaltaga solamiz va 30 daqiqaga sovutgichga olib qoʻyamiz.
Xamirni bittasini olib, un sepilgan yuza ustida yoyib olamiz. Xohlagan shakldagi qolipchalar bilan kesib chiqamiz. Bunda stakanlardan, mayda teshikchasi uchun esa oʻsimlik yogʻi qopqogʻidan foydalanish mumkin.
Ikkinchi xamirdan ham xuddi shunday usulda foydalanamiz.
Qolgan bitta tuxumni koʻpirtirib, pechenyelarga surtamiz va ularni oldindan maydalangan yeryongʻoqqa belab olamiz. Pergament qogʻoz toʻshalgan gaz patnisiga terib, 12 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
220 gramm margarin yoki sariyog' | |
190 gramm shakar upasi | |
1 choy qoshiq vanilin | |
1 choy qoshiq qabartma | |
3 ta tuxum | |
440 gramm un | |
150 gramm tozalangan yeryong'oq |