Xolvaytar
Masalliqlar:
-
1 stakan un
-
100 millilitr o'simlik yog'i
-
1 stakan shakar
-
3-4 stakan suv
Yo’nalishlar
Xolvaytar bu sevimli shirinliklarimizdan biri bo’lib, milli bayramlarimizni nishonlayotganda albatta bu shirinlik dasturxonimizning to’ridan o’rin egallaydi.
Bunday shirinlikni tayyorlash esa juda oson bo’lib, asosiysi sabrli bo’lishning o’zi kifoya.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 3 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 stakan un | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
1 stakan shakar | |
3-4 stakan suv |
Qozonni gazga qo'yib, qizdirib olamiz.
Unni elab sepamiz va o'simlik yog'ini quyamiz.
Kapkirda yaxshilab kovlab, o'rtacha olovda kovlab turamiz.
Massa shokoladsimon tusga kirguniga qadar qovuraveramiz.
Shakarni qaynagan suvga solib aralashtirib olamiz.
Qovurilayotgan aralashmamiz biz xohlagan tusga kirganidan so'ng tayyorlab qo'ygan shakarli suvimizni quyib, aralashtirib olamiz.
So'ng past olovda quyulgunga qadar kovlab qaynatamiz.
Xohishga qarab, dolchin yoki vanilindan qo'shish mumkin. Ular xolvaytarni yanada xushbo'yroq chiqishini ta'minlaydi.
Aralashmamiz quyuq smetanaga o'xshab qolgandan so'ng, likopchalarga quyamiz va sovishi uchun olib qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 stakan un | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
1 stakan shakar | |
3-4 stakan suv |
6 Sharhlar Hide Comments
Assalomu alaykum zira.uz sayti ijodkorlari. Manga saytingiz judayam yoqdi ishilaga omad.
Assalomu aleykum! Rahmat, sizga yoqqanidan juda xursandmiz 🙂
Rahmat,tayyorlab kuraman
Rahmat,tayyorlab kuraman.Menga yoqdi
Sizga yoqqanidan xursandmiz. Izoh uchun raxmat!
Retseptlaringiz yangi o’rganuvchilar uchun juda ham foydali ekan))