fbpx
Videoretsept: yong’oqli «Barmoq» trubochkalari

Videoretsept: yong’oqli «Barmoq» trubochkalari

Masalliqlar:

  • Xamiriga

  • asosiga

Yo’nalishlar

«Barmoq» pechenyelari – tatar oshxonasiga tegishli bo’lgan yong’oqli asos bilan to’ldirilgan juda mayin trubochkalar.

Bunday pishiriq ko’p miqdorda bo’lib, oson tayyorlanadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga
220 gramm smetana
140 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
400 gramm un
5 gramm iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
ta'bga ko'ra vanil ekstrakti yoki shakari
asosiga
200 gramm shakar
200 gramm maydalangan yong'oq
40 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
bir chimdim vanil ekstrakti
Qadam 1
Tugallandi

Uy haroratidagi smetanaga iste'mol sodasini qo'shib aralashtiramiz va 10-15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Muzlatgichdan olingan margarinni un va tuz bilan qumoq shakliga keltirib, aralashtiramiz (margarin muzlagan va juda yumshoq ham bo'lmasligi kerak).

Qadam 3
Tugallandi

Smetanaga un va margarinli aralashmani qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz. Xamir yopishqoq bo'lmasligi kerak.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni dumaloq shakliga keltirib, paketga solamiz va 1 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Maydalangan yong'oqni shakar, vanil ekstrakti va eritilgan yog' bilan aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Muzlatgichdan olingan xamirni 2 ga bo'lamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Har bir bo'lakni to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib, uni 10 ga 12 sm keladigan to'g'ri to'rtburchaklarga kesib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ichiga asosini solib, trubochka shaklida o'raymiz.
Trubochkalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, 180 C darajada "Tepa va past" rejimida 25-30 daqiqa pishirib olamiz.
Tayyor pechenyelarni sovutib, shakar upasini sepamiz.
Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 2 soat
  • Portsiya 20
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga
220 gramm smetana
140 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
400 gramm un
5 gramm iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
ta'bga ko'ra vanil ekstrakti yoki shakari
asosiga
200 gramm shakar
200 gramm maydalangan yong'oq
40 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
bir chimdim vanil ekstrakti
oldingi
«Kraffin» kulichi
keyingi
Videoretsept: pishloqli osetiya pirogi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.