fbpx
«Kraffin» kulichi

«Kraffin» kulichi

Taomlari:

Masalliqlar:

  • asosiga

Yo’nalishlar

Agar siz kruasan va kulichlarni yoqtirsangiz, unda ushbu retsept siz uchun. Chunki ushbu kraffin kulichi mayin qavatli xamir va ajoyib ta’mni o’z ichiga oladi.

Asosi uchun faqatgina mayiz, yoki bo’lmasam, yong’oq, shokolad, quritilgan mevalarni ishlatishingiz mumkin. Hattoki bitta xamirdan turli xil asosli kulichlar pishirishingiz ham mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 22 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 millilitr iliq sut
7 gramm quruq xamirturush
100 gramm shakar
1 ta tuxum
2 ta tuxum sarig'i
80 gramm sariyog'
0,5 choy qoshiq tuz
500 gramm un
asosiga
50 gramm yumshatilgan sariyog'
200 gramm mayiz
1 osh qoshiq dolchin
Qadam 1
Tugallandi

Opara tayyorlaymiz. Iliq sutga xamirturush, 1 choy qoshiq shakar, 1 osh qoshiq un solib, aralashtiramiz va 15 daqiqaga issiq joyga massa ustida ko'pik hosil bo'lgunga qadar qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum va tuxum sarig'ini shakar bilan massa oqarguniga qadar aralashtiramiz. Eritilgan sariyog' qo'shib, yana aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum va sariyog'li aralashmaga oparani solib, aralashtiramiz. Ustidan elangan un va tuz solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir qoramiz. Birinchi idishda, so'ngra stolga olib, 10 daqiqa mushtlaymiz.

Maslahat: agar xamir qo'lga yopishsa, qo'lni ozroq o'simlik yog'i bilan yog'lash mumkin.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni o'simlik yog'i suritilgan idishga qo'yib, ustini sochiq bilan yopamiz va issiq joyga 1-1,5 soatga qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Oshgan xamirni 4 ta bo'lakka bo'lib, har bir bo'lakni to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Har bir bo'laklarga yumshoq sariyog' suritib, dolchin sepib, mayiz solamiz va xamirni rulet shaklida o'raymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ruletni o'rtasi bo'ylab kesamiz, lekin oxirigacha kesmaymiz. So'ngra hosil bo'lgan ikki bo'lakni o'rab, bir-birini ustiga qo'yamiz va qolipga joylashtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Kulichlar qolipda oshishi uchun issiq joyga tahminan 30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Kulichlarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga gaz pechining pastgi qismiga yuboramiz. Ular qizarib pishishi uchun kulichlarning tepasiga haz pechi patnisini qo'yib qo'yamiz.
Tayyor bo'lgan kulichlarni sovutib, ustidan shakar upasini sepamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 170-180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 millilitr iliq sut
7 gramm quruq xamirturush
100 gramm shakar
1 ta tuxum
2 ta tuxum sarig'i
80 gramm sariyog'
0,5 choy qoshiq tuz
500 gramm un
asosiga
50 gramm yumshatilgan sariyog'
200 gramm mayiz
1 osh qoshiq dolchin
oldingi
Videoretsept: oshirma xamirdan yong’oqli rulet
keyingi
Videoretsept: yong’oqli «Barmoq» trubochkalari

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.