fbpx
Qizil vino qo’shib tayyorlangan glintveyn ichimligi

Qizil vino qo’shib tayyorlangan glintveyn ichimligi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kattalarga mo’ljallangan mazali va qizdiruvchi ichimlik – bu glintveyndir. Uni issiqligida tortilishi sabab ham asosan qishda, sovuq kunlarda tayyorlaniladi.

Bu safar esa glintveyning qizil vino bilan tayyorlanilishi haqida gapirib beramiz. Bundan avvalroq esa spirtli ichimlik qo’shilmagan glintveyn retseptini taqdim etgan edik.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

500 nillilitr tabiiy qizil vino
100 millilitr suv
100 millilitr apelsin sharbati
100 gramm olma
200 gramm apelsin
70 gramm limon
1-2 dona dolchin tayoqchasi
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
6-7 dona gvazdika
5 dona kardamon
2-3 dona xushbo'y qora murch donachalari
2 osh qoshiq suyuq asal
Qadam 1
Tugllandi

Qozonchaga avval vino va suvni quyamiz, gvazdikalarni olmalarga tiqib solamiz, limon, kardamonni biroz ezib solamiz, dolchin tayoqchasini o'rtasidan teng ikkiga bo'ib solamiz. Muskat yong'og'i, qora murch donachalarini solamiz va gazga qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Aralashmani juda past olovd 7-10 daqiqa davomida qizdiramiz. Qaynab ketmasligi uchun qarab turamiz.

Qadam 3
Tugllandi

So'ng qozonchaga sharbatni quyamiz, apelsinni yarmini siqib o'zini ham, sharbatini ham solamiz.

Yana aralashtirib turib, 5-7 daqiqa qizdiramiz. Ichimlik qaynab ketmasligi juda ham muhimdir.

So'ng ichimlikni gazdan olib, asal solamiz, aralashtirib, ustini yopamiz va 10 daqiqaga olib qo'yamiz.

Tayyor ichimlikni apelsin bo'lakchalari va dolchin tayoqchasi bilan birga stakanlarga solib, tortamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 nillilitr tabiiy qizil vino
100 millilitr suv
100 millilitr apelsin sharbati
100 gramm olma
200 gramm apelsin
70 gramm limon
1-2 dona dolchin tayoqchasi
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
6-7 dona gvazdika
5 dona kardamon
2-3 dona xushbo'y qora murch donachalari
2 osh qoshiq suyuq asal
oldingi
Guruch va sabzavotlar bilan pishirilgan tovuqli taom
keyingi
“Shuba ostidagi seld balig’i” ruleti

Fikringiz