fbpx
Videoretsept: yogurtli chizkeyk

Videoretsept: yogurtli chizkeyk

Masalliqlar:

  • Biskvit uchun

  • Tvorogli asos uchun

Yo’nalishlar

Yogurt sevadiganlar uchun eng mayin shirinlik. Chizkeyk juda mazali, qaymoqli ta’mga ega, biskvitli asosi esa yumshoq. Xohishga ko’ra rezavor meva qo’shish mumkin, ammo ularsiz ham juda mazali. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvit uchun
3 ta "365 kun» tuxumi
100 gramm "365 Kun" shakari
1 choy qoshiq vanil shakari
130 gramm "365 Kun" uni
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
Tvorogli asos uchun
380 millilitr "365 Kun" qulupnoyli yogurti
200 gramm 9% tvorog
200 gramm "365 Kun" qaymog'i
40 gramm "365 Kun" shakari
16 gramm "365 Kun" jelatini
200 millilitr sovuq suv
Qadam 1
Tugallandi

Biskvit tayyorlaymiz

Tuxum oqini sarig’idan ajratamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Chuqur idishda tuxum oqini mikser yordamida ko’pirtiramiz, oz-ozdan shakar va vanil shakari qo’shib yana ko’pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Birma-bir tuxum sarig’ini qo’shib ko’pirtirishni davom etamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oz-ozdan elangan un va qabartma qo’shamiz. Ehtiyotkorlik bilan lopatka yordamida aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Biskvitni pergament qog’ozi solingan qolipga solib tekislaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

180C gacha qizdirilgan pechga 30 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Biskvitni pechdan chiqarib sovutamiz.
Maslahat: agar biskvit qalin bo’lib qishgan bo’lsa, uni pishoq yordamida kesib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tvorogli asosni tayyorlaymiz

Jelatin ustiga sovuq suv quyib 20-30 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Yogurtni past olovda isitib, ishgan jelatinni qo’shamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Massani jelatin eriguncha aralashtiramiz, olovdan olob sovutamiz.
Muhim: yogurtni 80C dan baland isitmaymiz, bo’lmasa jelatin ishlamaydi.

Qadam 11
Tugallandi

Idishda yogurtlik massa va tvorogni birlashtiramiz, blender yordamida aralashtiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Alohida idishda qaymoq bilan shakarni birlashtiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Ko’pirtirilgan qaymoqni tvorogli massaga qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 14
Tugallandi

Ochiladigan qolipga plyonka yoki pergament qog’osi solamiz. Biskvitni solamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Ustiga tvorogli massani quyib, tekkislab, sovutgichga qatiguncha, 2-3 soatga olib qo’yamiz.

Qadam 16
Tugallandi

Xohishga ko’ra rezavor mevalar bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb

Reklama huquqi asosida.

  • 2 soatdan ortiq
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvit uchun
3 ta "365 kun» tuxumi
100 gramm "365 Kun" shakari
1 choy qoshiq vanil shakari
130 gramm "365 Kun" uni
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
Tvorogli asos uchun
380 millilitr "365 Kun" qulupnoyli yogurti
200 gramm 9% tvorog
200 gramm "365 Kun" qaymog'i
40 gramm "365 Kun" shakari
16 gramm "365 Kun" jelatini
200 millilitr sovuq suv
oldingi
Videoretsept: qovoqchadan tovuqli pasta
keyingi
Videoretsept: baqlajondan chips

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.